Ijtimoiy tarmoqlarda Amudaryo tumanidagi ichki yo’llardan biri ta’mirtalab ahvolad ekanligi mazmunidagi murojaat yoritilgan bo’lib, ushbu murojaat tegishli tashkilotlar tomonidan o’rganishlar natijasida quyidagilarni ma’lum qilamiz.
Murojaatda tasvirlangan ko’cha yo’li Do’stlik MFY Matbuotchilar ko’chasidagi yo’l bo’lib, 2014-yilda ushbu yo’lning 0,57 km qismida ta’mirlash, ya’ni asfalt yotqizish ishlari amalga oshirilgan. Bugungi kunda ushbu yo’lning ta’mirtalab ahvolda ekanligi hamda yo’lning 140 m2 qismida chuqurchalar paydo bo’lganligi sababli ta’mirlash uchun tegishli tashkilotlarga takliflar berilganligini ma’lum qilamiz.
A.Kamolov, Amudaryo tumani Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig’i.