Bugungi kunga kelib jahon bozorida paxta tolasiga talabning pasayishi oqibatida tumanimizdagi paxta xom ashyosi yetishtiruvchilarini va aynan meni juda katta xavotirga soldi. Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 13-sentabrdagi “Paxta xom ashyosini yetishtiruvchilarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 574-sonli qarori paxta yetishtiruvchilari va biz fermerlarni juda quvontirdi. Ushbu qaror asosida men boshqarib borayotgan fermer xo‘jaligining yetarli miqdorda daromad olishimni kafolatladi. Ya’ni fermer xo‘jaligi va klaster o‘rtasida tuzilgan fyuchers shartnomasiga muvofiq yetkazib berilishi lozim bo‘lgan hajmdan ortiqcha qismini, shuningdek, kredit mablag‘lari hisobiga ortiqcha yetishtirilgan paxta xom ashyosini birja orqali sotish imkoni yaratildi. Bundan tashqari, qaror bilan yetishtirilgan har bir tonna uchun 1 (bir) milliondan subsidiya ajratilishi, subsidiya mablag‘lari imtiyozli kredit mablag‘larini so‘ndirishga yo‘naltirilishi va paxta xom ashyosi narxlari shakllanishiga davlat boshqaruvi shu jumladan, mahalliy hokimiyat organlarining aralashuvi man etilganligi ham biz uchun juda katta imkoniyat bo’ldi.
Ushbu qarorning noto‘g‘ri talqin qilinishi ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Qo‘shtirnoq ichidagi ba’zi bir blogerlar qarorning mazmun-mohiyatini tushunmasdan turib, fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashini noo’rin ayblagan holda fikr bildirishmoqda. Shu o’rinda ta’kidlash joizki, men rahbarlik qilayotgan fermer xo’jaligi faoliyatini yanada rivojlantirish, mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf qilishda fermerlar kengashining o‘rni va ahamiyati juda katta. Prezidentimiz tashabbusi bilan tashkil qilingan fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi so‘nggi yillarda fermer xo‘jaliklarining yetishtirilgan mahsulotlariga haq undirilishida iqtisodiy sudlarga kiritilgan da’vo arizalari orqali nafaqat topshirilgan mahsulotning mablag‘larini qo‘shimchasiga xaridordan jarima va penyalar o’z vaqtida undirib kelmoqda. Bunga misol tariqasida joriy yil 2023-yilgi hosili uchun yetishtirilgan paxta xom ashyosining mablag‘larini undirishda kengash tomonidan iqtisodiy sudga undirilmasdan turgan 1 535 049 695 (bir milliard besh yuz o‘ttiz besh million qirq to‘qqiz ming olti yuz to‘qson besh) so‘m va fermer xo‘jaligimning foydasiga 307 000 000 (uch yuz yetti million) so‘m jarima mablag‘lari undirib berildi. Shuningdek, kengash tomonidan tumanimizdagi barcha fermer xo‘jaliklariga amaliy yordam ko‘rsatish bilan bir qatorda ularning manfaatlarini ko‘zlagan holda samarali ish olib bormoqda.
Fermer G.Ahmedov, Amudaryo tumani fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi rayosat a’zosi.