Bugungi kunda davlatimiz rahbari tomonidan amalga oshirilayotgan tub islohotlar zamirida xalq farovonligi, inson manfaatlariga xizmat qilish kabi ezgu g‘oya yotadi. Prezident tashabbusi bilan xalqni uzoq yillar mobaynida qiynab kelayotgan muammolarini bartaraf qilish yuzasidan amaliy ishlar qilinmoqda. Amudaryo tumanidagi to‘rtta mahalla – Chordara, Bo‘ston, Oybek hamda Alisher Navoiy nomli mahallalarida yashovchi aholining tabiiy gaz bilan bog‘liq ko‘p yillik muammolari bugun o‘zining ijobiy yechimini topayotgani ham ana shu islohotlarning amaldagi ifodasidir.
Muhtaram Prezidentimizning 2024- yil 17-iyul kungi mahallalar infratuzilmasini yaxshilash, aholi farovonligini oshirish maqsadida imzolagan maxsus qarori asosida amalga oshirilayotgan mazkur xayrli ish orqali aholining ko‘p yillik muammolari ijobiy yechim topmoqda. Mazkur qaror asosida 2024-2025 yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqilgan bo‘lib, qator amaliy ishlar qilinmoqda. Jumladan, O‘rta qal’a ovulining Vaxum aholi punktidagi 1,4 km gaz quvurlari rekonstruksiya qilinib, foydalanishga topshirildi.
Shuningdek, Chordara mahallasi hududiga diametri 219 mm bo‘lgan 1 km uzunlikdagi yer usti yuqori bosim gaz tarmog‘ini tortish ishlari amalga oshirilmoqda.
Alisher Navoiy nomli mahalla hududiga 3,8 km yer usti gaz tarmog‘ini tortish rejalashtirilgan bo‘lib, hozirgi kunda 2,3 km joyi to‘liq tortildi.
Bo‘ston mahallasi hududiga diametri 114 mm, uzunligi 750 metr bo‘lgan yer usti o‘rta bosim gaz tarmog‘ini tortish rejalashtirilgan bo‘lib, hozirda 730 metr qismi tortildi.
Oybek nomli mahalla hududiga esa diametri 114 mm, uzunligi 1,3 km yer usti o‘rta bosim gaz tarmog‘ini tortish rejalashtirilgan bo‘lib, hozirdi 420 metr joyi tortildi va bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda. Qolaversa, 36 km gaz quvurlarini bosim ostida zichlikka sinash va havo bosimi yordamida tozalash rejalashtirilgan bo‘lib, bugungi kungacha uzunligi 34 km bo‘lgan quvurlarda sinash va ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. 14,3 km uzunlikdagi yer osti va yer usti gaz quvurlarining holatini tekshirish rejasi esa 15,1 km qilib ortig‘i bilan bajarildi.
Qayd etish joizki, bu kabi amaliy ishlar “Hududgaz Qoraqalpog‘iston” korxonasining “Amudaryotumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi tomonidan amalga oshirilmoqda. Mazkur bo‘lim 40 ming 349ta iste’molchilarga xizmat ko‘rsatadi. Shundan 14 ming 812ta aholi xonadonlari va 351ta ulgurji iste’molchilarga tabiiy gaz, 25 ming 186ta aholi xonadonlarga suyultirilgan gaz yetkazib beriladi. Bugungi kunda foydalanishda jami salkam 500 km gaz tarmoqlari mavjud bo‘lib, shundan 35,1 km yuqori bosimli, 152,9 km o‘rta bosimli va 311,6 km past bosimli gaz quvurlari orqali iste’molchilar tabiiy gaz bilan ta’minlab kelinmoqda. Gaz quvurlarining 27,9 km qismi yer ostida va 471,7 km qismi yer ustida joylashgan.
Shuningdek, “Amudaryotumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi tomonidan tabiiy gazdan samarali foydalanish, iqtisod qilish maqsadida energiya tejamkor uskunalardan foydalanish targ‘ib qilinmoqda. Aholi va ulgurji iste’molchilar tomonidan foydalanilayotgan tabiiy gaz miqdorini tejash bo‘yicha targ‘ibot ishlarini olib borish maqsadida 27 ta yarmarka tashkil qilindi. Yarmarkalarda energiya tejamkor vositalarning afzalliklari, ulardan foydalanish bo‘yicha ma’lumotlar berilib, keng targ‘ibot qilindi. Iste’molchilarga isitish qozoni va quvurlari, dudburonlari va zamonaviy tejamkor gorelka o‘rnatishning afzalliklarini tushuntirilayotgan natijasida 3 ming 339ta isitish qozoni va quvurlar izolyatsiya qilindi, 147ta aholi xonadonlarining, 14ta yuridik iste’molchilarning dudburonlari tozalandi.
Qolaversa, hozirda aholining kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazishiga ko‘maklashish borasida ham samarali ishlar davom etmoqda. 3 ming 373ta aholi xonadonlarini uzluksiz tabiiy gaz bilan ta’minlash maqsadida 6 ming 850 m tabiiy gaz tarmoqlarini mukammal ta’mirlash va rekonstruksiya qilish ishlari davom etmoqda. Bundan tashqari, aholiga joriy yil 1 yanvardan 24 sentyabrgacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida jami 3 ming 70 tonna suyultirilgan gaz yetkazib berish rejalashtirilgan bo‘lib, shundan amalda 2 ming 967 tonna suyuq yoqilg‘i yetkazib berildi. Bu boradagi ishlar ham qizg‘in davom etmoqda.
Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.