O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktabrdagi “RAQAMLI O‘ZBЕKISTON — 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6079-son Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi telekommunikatsiya infratuzilmasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 699-son Qarori qabul qilingan. Ushbu qaror bilan hududlarda optik tolali aloqa liniyalarini, shuningdek keng polosali ulanish tarmog‘ini rivojlantirish, mobil aloqa hamda boshqa zamonaviy texnologiyalardan foydalanishni davom ettirish orqali telekommunikatsiyalar infratuzilmasini rivojlantirish asosiy ko‘rsatkichlar etib belgilangan.
Yuqoridagi Farmon va Qarorlar ijrosini ta’minlash maqsadida “O‘zbektelekom” AK Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali tomonidan Amudaryo tumani hududida 2024-yilning o‘tgan yarim yilligida jami 72 ta obyektlarga 86,5 km. uzunlikdagi optik tolali aloqa kabellari tortilib, tuman xalqiga yuqori tezlikdagi telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish maqsadida tumanning “Xolimbek” OFY, “Kuyuk ko‘pir” OFY, “Tashqa’la” MFY va “To‘lqin” OFY hududlariga jami sig‘imi 5120 portga ega “GPON” texnologiyasi asosida ishlovchi telekommunikatsiya qurilmalari yangidan qurilgan hamda ushbu obyektlarni foydalanishga topshirish uchun qabul komissiyasiga taqdim etgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 21-noyabrdagi PQ-4024-son Qarori bilan belgilangan vazifalar doirasida Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat inspeksiyasi (“O‘zkomnazorat”) Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy bo‘limi tomonidan “O‘zbektelekom” AK Qoraqalpog‘iston Respublikasi filialining Amudaryo tumanida qurilishi tugallangan va qabul komissiyasiga topshirilgan telekommunikatsiya obyektlarida qurilish ishlari belgilangan qoidalarga muvofiq olib borilganligi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi hamda tegishli xulosalar aqdim etildi.
Eslatma! Axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati buzilgan taqdirda (“O‘zkomnazorat” Inspeksiyasining 1144 qisqa raqamiga murojaat qilish imkoniyati borligini bildiramiz.
Omar Yesemuratov, “O‘zkomnazorat” inspeksiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy bo‘limi sho’ba rahbari.
manba: amunews.uz