
Ijtimoiy tarmoqlarda Amudaryo tumani “Matbuotchilar ko’chasi” 41-uy 4-xonadonda internet tezligi pastligi mazmunida murojaat yoritilgan bo’lib, ushbu murojaat “O’ztelekom” AK QR filiali Amudaryo tumani bo’limi mas’ullari tomonidan o’rganilishi natijasida quyidagilarni ma’lum qilamiz.
Bo’lim xodimlari tomonidan ushbu xonadonning internet xizmati uchun foydalanilayotgan aloqa liniyasi, qurilmalari tekshirilganda nosozlik aniqlanmagan. Xonadon egasi bilan suhbat mobaynida, kechki paytlari internet tezligi pasayib ketishini ma’lum qilganligi bois muammoni aniqlash maqsadida oxirgi modem qurilmasini test rejimidagi modem qurilmasiga almashtirilganda 276 Mbit/s tezlikda ishlab turganligi aniqlangan. Ushbu muammoni bartaraf qilish maqsadida xonadonning oxirgi (HUAWEI 2,4 j modem) qurilmasi yangi (TP-link E620-5G) modem qurilmasiga almashtirilganligini hamda muammo o'zining ijobiy yechimini topganligini ma’lum qilamiz.
S. Abdikadirov, “O’ztelekom” AK QR filiali Amudaryo tumani bo’limi boshlig’i.