Tuman hokimi Sobir Xo‘jametov va bir guruh baynalmilal jangchilar mukofotlandi

Туман янгиликлари

O‘zbekiston baynalmilal jangchi-faxriy va nogironlari birlashmasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha bo‘limi boshlig‘i Yusufbek Allanbekov Afg‘oniston Demokratik Respublikasi Prezidentining 1988-yil 9-apreldagi “Komiljon Sobirovni Afg‘oniston davlatining oliy harbiy nishoni – “Jasorati uchun” ordeni bilan mukofotlash to‘g‘risida”gi Farmonini o‘qib eshittirdi va mazkur Farmonga asosan ushbu mukofotni oradan 36 yil o‘tib o‘z egasi – Komiljon Sobirovga tantanali tarzda topshirdi.

Tadbir davomida Belarus davlati Polotsk Baynalmilal faxriy-jangchilar tashkiloti tomonidan Amudaryo tumani hokimi Sobir Xo‘jametov, baynalmilal faxriy-jangchilar Rahmatulla Hayitboyev, Shavkat Saidboyev hamda “Taraqqiyot ko‘zgusi” gazetasi suratchi-muxbiri Mahmudjon Shomurodovlar tashkilotning “Xizmatlari uchun” medali bilan taqdirlandilar.

Tuman hokimligining Axborot xizmati.