«Qoraqalpog’iston Respublikasining davlat bayrog’i to‘g’risida»gi Qonun qabul qilingan kun munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi

1992-yil 14-dekabr kuni Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo‘qorg’i Kengesining XI sessiyasida «Qoraqalpog’iston Respublikasining davlat bayrog’i to‘g’risida»gi Qonun qabul qilindi. Bugun Nukus shahri markazida o‘rnatilgan O‘zbekiston va Qoraqalpog’iston Respublikalarining davlat bayroqlari yonida «Qoraqalpog’iston Respublikasining davlat bayrog’i to‘g’risida»gi Qonuni qabul qilinganining 32 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo‘qorg’i Kengesining Raisi Amanbay Orinbaev so‘zga chiqib, xalqimizni bayram munosabati bilan tabrikladi. Ta’kidlanganidek, yurtimiz bayrog’i ezgulik, donishmandlik, poklik, sadoqat, go‘zallik, tinchlik, yangilanish kabi his-tuyg’ularni o‘zida mujassam etgani bilan ahamiyatlidir. Shunday ekan, yurtimiz bayrog’ini ko‘z qorachig’idek asrab-avaylash, uni ulug’lash va balandlarga ko‘tarish – har birimiz uchun ona-Vatan oldidagi farzandlik burchimizdir. So‘nggi yillarda xalqimiz hayotida, insonlarning ma’naviy olamida katta o‘zgarishlar va yangilanishlar yuz bermoqda. Bunda hurmatli Prezidentimiz tomonidan Qoraqalpog’iston uchun alohida qabul qilingan qaror va farmonlar xalqimizning farovon hayotini ta’minlash bo‘yicha juda katta ishlar amalga oshirilishiga asos bo‘lmoqda. Tadbirda ana shunday yurtimiz ravnaqi yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlar keng e’tirof etildi. Bayram tadbiri san’at va madaniyat xodimlarining kontsert dasturi bilan davom etdi.

manba: https://joqargikenes.uz/uz/