Raddiya

Туман янгиликлари

Ijtimoiy tarmoqlarda Amudaryo tumani Nazarxon OFY hududidagi ichki yo’llar ta’mirtalab ahvolda ekanligi yuzasidan murojaat yoritilgan bo’lib, ushbu murojaatni tuman Obodonlashtirish boshqarmasi hamda tegishli tashkilotlar tomonidan o’rganishlar natijasida quyidagilarni ma’lum qilamiz.

Murojaatda tasvirlangan yo’l Nazarxon OFY hududidagi Jalpaqjap ko’chasidagi ichki yo’llar bo’lib, ushbu yo’llarda joriy yilda ta’mirlash ishlari olib borilgan. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 2-fevraldagi 52-sonli qaroriga muvofiq Nazarxon OFY hududida 14,0 km uzunlikdagi ichki yo’llarda joriy ta’mirlash ishlari olib borilgan.

Shuningdek, ma’lumot o’rnida keltirish joizki, murojaatda tasvirlangan Amudaryo tumani hududidagi mahalliy ahamiyatga ega 4K32A "A-380 avtomobil yo‘lidan (738 km)- Berdaq DFX" avtomobil yo‘lining ta’mirtalab qismlarini davlat byudjetidan 2025-yil uchun ajratiladigan mablag‘lar doirasida ta’mirlash ishlari amalga oshirilishini, shu bilan birga, ta’mirlash uchun 2025-yilda qo‘shimcha dasturlarga kiritish bo‘yicha takliflar berilganligini ma’lum qilamiz.

Tuman hokimligining Axborot xizmati.