"Prezident archasi" tadbiri bo‘lib o‘tdi

Туман янгиликлари

Yangi yil kirib kelishiga sanoqli kunlar qoldi. Yangi yil ko‘pchilik kattalar va bolalarning eng sevimli bayramlaridan biridir. 

Bayramga tayyorgarlik oldindan boshlanadi va dekabr oyining oxiriga kelib, shaharlar ko‘chalari chiroqlar bilan porlaydi. Hamma joyda bayramona muhit hukm suradi: uylarda, do‘konlarda, restoranlarda. Yoqimli Yangi yil “shovqini” barchani istisnosiz qamrab oladi.

 Amudaryo tumani Madaniyat bo'limida Yangi yil bayrami munosabati bilan katta bayram tadbiri bo'lib o'tdi. Tadbirda tuman hokimining birinchi o'rinbosari Fahriddin Yusupov so'zga chiqib, barcha hamyurtlarimizni bayram bilan samimiy tabrikladi. Tadbirda Qoraqalpog'iston Respublikasi qurilish vaziri Qabilbek Aytbayev,  Ijtimoiy himoya milliy agentligi boshqarmasi sho'ba mudiri Nag'met G'aniyevlar ishtirok etdilar.

"Prezident archasi" bayram tadbirida mas'ul rahbarlar bolajonlarga "Prezident sovg'alari" hamda homiylar tomonidan tayyorlangan sovg'alarni topshirdilar. Bayram tadbiri jajji bolajonlar ishtirokidagi yangi yil ertagi hamda sho'x-shodon kuy-qo'shiqlar va ajoyib chiqishlar bilan yuqori kayfiyatda o'tdi.

Tuman hokimligining Axborot xizmati.