Prezident farmoni mazmun-mohiyati yuzasidan seminar bo'lib o'tdi

Туман янгиликлари

25-yanvar kuni Amudaryo tumani fermerlar, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi tashabusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 17-yanvardagi PF-7-sonli "Paxta xomashyosini yetishtirish va sotishda bozor mexanizmlarini qo‘llashni izchil davom ettirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Farmonining mazmun-mohiyati yuzasidan seminar tashkil etildi. Unda tuman hokimi o‘rinbosarlari, paxta-g‘alla yo‘nalishidagi fermer xo‘jaliklari rahbarlari, qishloq xo‘jaligi soha mas'ullari hamda tegishli mutasaddi tashkilotlar ishtirok etdi.

Seminarda mazkur hujjat paxta xomashyosini yetishtirish va sotish tizimini moliyalashtirishni bozor mexanizmlariga moslashtirish, paxta tannarxini maqbullashtirish, paxta xomashyosini birja savdolari orqali yangi bosqichga olib chiqish, shuningdek, xo‘jaliklarning va qayta ishlovchilarning moddiy manfaatdorligini oshirish maqsadlariga xizmat qilishi ta'kidlandi.

Tuman hokimligining Axborot xizmati.