“Yashil makon” loyihasi doirasida “Deputatlar bog’i”ga ko’chat ekildi

22-mart kuni “Yashil makon” loyihasi doirasida Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi deputatlari tashabbusi bilan Amudaryo tumani Oybek nomli mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi 4 gektar maydonda “Deputatlar bog‘i” tashkil etildi.

Mazkur bog` yurtimizdagi yashillik darajasini yanada oshirish, “Yashil makon” umummilliy loyihasini izchil amalga oshirish orqali ekologik barqarorlikni ta’minlash orqali inson salomatligini asrash maqsadida tashkil qilindi.   

Ko‘chat ekish ishlari uyushqoqlik bilan tashkil etilib, unda Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi deputatlari, siyosiy partoyalarning tuman Kengashi rahbarlari, tuman Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari, tuman Fermerlar Kengashi hamda “mahalla yettiligi” mas’ullari ishtirok etishdi.  

 “Deputatlar bog‘i”ga olma, gilos, olcha, shaftoli va boshqa mevali daraxt ko‘chatlarini ekish tadbirida deputatlar faol ishtirok etdilar. Shuningdek, ekilgan har bir ko‘chatga ishlov berilib, qator oralarini tozalash hamda yumshatish ishlari bajarildi. Boshlangan ushbu xayrli ish davom ettirilib, “Deputatlar bog‘i”ga har xil boshqa turdagi mevali va manzarali ko‘chatlar ekish reja qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomonidan belgilangan ustuvor vazifalardan kelib chiqib, tumanimizda «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan ta’sirchan deputatlik va jamoatchilik nazoratini olib borish zarur.

Tumanimizda «Yashil makon» umummilliy loyihasini yanada ommalashtirish, ekologiya sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish va ilg‘or texnologiyalarni keng joriy etish hamda «O‘zbekiston — 2030» strategiyasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash borasida Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining ustuvor vazifalari belgilab olingan.

Mansur O’razboyev, Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi kotibiyati mudiri.