Rasmiy munosabat

Amudaryo tumani, Oybek mahallasi, Uchqun ko‘chasi 29-uyda yashovchi T.Matsapayevning videomurojaatidagi holatlar O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Amudaryo tumani bo‘limi tomonidan vakolat doirasida ko‘rib chiqildi. Videomurojaatda ko‘rsatilgan holatlar bo‘yicha Oybek mahallasi mas’ullarining faoliyati yuzasidan norozilik holatlarining kelib chiqish sabablari o‘rganildi va ularni bartaraf qilish choralari ko‘rildi. Jumladan, mahalla "yettiligi" vakillari bilan aholi tomonidan yo'llanayotgan murojaatlarda "Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan talablarga qat'iy rioya qilgan holda ish olib borish lozimligi yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi. 

Oybek mahalla fuqarolar yig‘ini "yettilik" a’zolari qonunda belgilangan vakolatlari doirasida o‘z faoliyatini olib borayotganligini va amalga oshirgan ishlari bo‘yicha har chorak yakunida vakillar yig‘ilishiga hisobot berib borayotganligini bildiramiz.
Shuningdek, fuqaro T.Matsapayevga fuqarolar yig‘ini tomonidan belgilangan tartibda moddiy va boshqa yordam turlari ko‘rsatilib kelinayotganligini ma’lum qilamiz.

A.Yo'ldashev, O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Amudaryo tumani bo‘limi boshlig‘i.