
Ijtimoiy tarmoqlarda Amudaryo tumani Do'stlik mahallasida tabiiy gaz bosimi past ekanligi mazmunida murojaat yoritilgan bo'lib, ushbu holat tegishli mas'ullar tomonidan o'rganildi.
Murojaat egalari bilan muammo yuzasidan suhbatlar olib borildi. Aniqlangan mammolarni bartaraf qilish maqsadida Do'stlik mahallasidagi iste'molchilarni tabiiy gaz bilan ta'minlovchi gaz tarmoqlari va GTP uskunalar "Amudaryotumangaz" gaz ta'minoti bo'limi chilangarlari tomonidan ko'zdan kechirilib, reja-sozlash ishlari olib borildi hamda tabiiy gaz ta'minoti me'yorga keltirildi. Murojaat ijobiy hal etilganligini ma'lum qilamiz.
Jasur Ermetov, "Amudaryotumangaz" gaz ta'minoti bo'limi boshlig'i.