Din ishlari mutasaddilari tumanimizga tashrif buyurdilar

Туман янгиликлари

O’zbekiston Respublikasi Musulmonlar idorasi huzuridagi “Vaqf” xayriya jamoat fondi raisi Hamza Shayx Zayniddin, Toshkent shahridagi Shayx Zayniddin jome’ masjidi imom xatibi Yahyoxon Abdurahmonovlar tumanimizga tashtif buyurdilar.

Tashrif chog’ida mehmonlar tumanimizdagi kam ta’minlangan, ehtiyojmand oilalar holidan xabar oldilar. Yolg’iz keksalar, nogironligi bor, boquvchisini yo’qotgan hamyurtlarimiz xonadonlariga tashrif buyurib, ular bilan dildan suhbat qurdilar.

Xususan, din ishlari mutasaddilari tumanimizdagi Gulzor mahallasida yashovchi boquvchisini yo’qotgan, bolalikdan nogiron farzandi bor Nilifar Jumamuratova hamda Do’stlik mahallasida yashovchi kam ta’minlangan Qo’chqorboy Xolmuratovlar xonadonlariga tashrif buyurdilar hamda ko’ngli o’ksik kishilar holidan xabar oldilar.

Tashrif mobaynida ko’makka muhtoj insonlarga oziq-ovqat mahsulotlari, turli kitoblar jamlanmalari hamda pul mablag’lari berildi.