Mamlakatimizda davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimi izchillik bilan takomillashtirilmoqda va modernizatsiya qilinmoqda, bu aholining hayot sifati, investitsiya iqlimi, ishchanlik muhitini yaxshilash va biznesni rivojlantirish imkonini yaratmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining jismoniy shaxslar va tadbirkorlik sub’ektlarining elektr qurilmalarini elektr tarmoqlariga ulash bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini raqamlashtirish orqali uni yanada takomillashtirish maqsadida qabul qilingan “Yuridik va jismoniy shaxslarni elektr tarmoqlariga ulash bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori bu borada ishlar samaradorligini oshirishda muhim hujjat bo’lmoqda.
Mazkur hujjatga asosan, bir qancha holatlarda, jumladan, ulanadigan quvvati 20 kVtgacha bo‘lgan maishiy iste’molchilarning xonadonlari va uy-joylarini elektr tarmoqlariga ulashda, maishiy iste’molchining familiyasi, ismi va otasining ismi o‘zgarganda, turar joylar, shu jumladan, ko‘p kvartirali uylarning ulangan quvvati va tashqi elektr ta’minoti sxemasi o‘zgarmagan holda egasi o‘zgarganda yoki ko‘chmas mulk ob’ekti begonalashtirilganda iste’molchilarning elektr qurilmalarini elektr tarmoqlariga ulash ishlarini amalga oshirish uchun texnik shartni, elektr ta’minoti loyihalarini, amalga oshirilgan qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish ishlari hamda elektr qurilmalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish bo‘yicha dalolatnomani rasmiylashtirish talab etilmaydi.
Bobur Qadamov, tuman Davlat xizmatlari markazi bosh mutaxassisi.