Nukus shahridagi Gulzar, Botanika bog‘i, Jiydeli baysin, Nao‘qan bag‘ va Shimbay shayxana mahallalarida sud mas’ullarining uchrashuvlari o‘tkazildi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi T.Norboyeva hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qarg‘i Kengesi raisi M.Kamolovlar tomonidan tasdiqlangan “Qoraqalpog‘iston Respublikasida jinoyatlarni jilovlash, jinoyatchilik profilaktikasini yanada takomillashtirish, odil sudlovni ta’minlash va korrupsiyadan holi hududga aylantirish bo‘yicha Yo‘l xaritasi”ning 24-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida o‘tkazilgan ushbu uchrashuvlarda hudud fuqarolari ishtirok etdilar.
Nukus tumanlararo Iqtisodiy sudi sudyasi M.Karimbayeva tomonidan “Yo‘l xaritasi”ga ko‘ra fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan mazkur tadbirlarda hukuqbuzarliklarning oldini olish, jinoyatchilikka qarshi kurashda amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida tushuntirishlar berildi. Undan tashqari, O‘zbekiston Respublikasining 2021 yil 16 avgustdagi “Yer uchastkalarini ajratish va ulardan foydalanish, shuningdek, yerlarni hisobga olish va davlat yer kadastrini yuritish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” gi O‘RQ-708-sonli Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasining 2021 yil 20 avgustdagi “Intellektual mulk ob’ektlarining huquqiy muhofazasi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘grisida”gi O‘RQ-709-sonli Qonunlarining mazmun-mohiyati to‘g‘risida ham batafsil ma’lumot berildi. Bu borada doimiy ravishda amalga oshirilishi lozim va shart bo‘lgan chora-tadbirlar, vazifalar to‘g‘risida so‘z yuritildi.
Uchrashuv davomida huquqbuzarliklar profilaktikasi, jinoyatchilikka qarshi kurashish, aholining huquqiy savodxonligini oshirish borasidagi mavjud muammolar ham o‘rganib chiqildi.
Fuqarolar sud mas’ullariga o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, tegishli javoblar olishdi.
M.Karimbayeva, Nukus tumanlararo Iqtisodiy sudining sudyasi.