Yurtimizdagi barcha umumta’lim maskanlarida sentabr oyi davomida boshlang‘ich ta’lim fani oyligiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazildi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini ta’limga yanada qiziqtirish, sifat va samaradorlikni oshirish maqsadida fan oyligi munosabati bilan ochiq o‘quv mashg‘ulotlari, turli kechalar, zakovat o‘yinlari, ko‘rgazmalar tashkil etildi.
Fan oyligi tadbirlari 36-sonli umumta’lim maktabida ham qiziqarli va samarali o‘tkazildi. Oylik davomidagi tadbirlarda boshlang‘ich ta’limi o‘qituvchilari bilan birga o‘quvchilar ham faol ishtirok etishdi.
28 sentabr kuni maktabda fan oyligi yakuniga bag‘ishlangan katta tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda o‘quvchilar fan tarixi, buyuk allomalar haqidagi ma’ruzalari, she’rlari bilan qatnashishdi. Shuningdek, turli qo‘shiq va raqslari bilan kechaga yanada fayz kiritishdi.
Tadbir davomida o‘quvchilarning fanlardan o‘zlashtirishi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalari monitoring qilindi. Ochiq darslar va o‘quvchilarning faolliklari, ular tayyorlagan bukletlar, tashkil etilgan ko‘rgazmalar yuqori baholanib, maktab ma’muriyati tomonidan rag‘batlantirildi va faxriy yorliqlar topshirildi.
Ozoda Xudoyberganova, 36-sonli maktabning ijodiy-madaniy
masalalar bo‘yicha targ‘ibotchisi.