Ta’lim-tarbiya odamzot kamoloti va jamiyatning taraqqiyotiga daxldor masaladir. Shuning uchun ham ta’lim-tarbiyani o‘zlarining umr mazmuniga aylantirgan o‘qituvchi va murabbiylarga davlatimiz va hukumatimizning e’tibori yuksak darajada. Chunki ustozlar murg‘akligimizdanoq qalbimizga ezgulik urug‘larini sochadi, qo‘limizdan tutib, ma’rifat saboqlarini beradi, mehr-muhabbat ulashadi.
Biz erishayotgan ulkan yutuqlarimiz, qo‘lga kiritayotgan g‘alabalarmizda ularning hissasi katta. Shu sabab, ularni mudom sharaflagimiz, ardoqlagimiz keladi.
Respublikamizning barcha ta’lim muassasalari, idora va tashkilotlarida "O‘qituvchi va murabbiylar kuni"ga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazilayotgani quvonarlidir.
Shu qatori bizning 16-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabimizda ham ustozlar kuniga atab bayram tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda maktabimizning barcha pedagog-o‘qituvchilari ishtirok etishdi. O‘quvchilar tomonidan aytilgan she’r va qo‘shiqlar, sahna ko‘rinishlari, bayram sovg‘alari barcha ustozlar ko‘nglini tog‘day ko‘tardi. Ayniqsa, 2-sinf o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan chiqishlar barchamizning ko‘nglimizdan joy oldi.
Maktabimiz – ikkinchi uyimiz. Unda ta’lim olayotgan o‘quvchilar, ularga ham ta’lim, ham tarbiya berayotgan fidoyi o‘qituvchilar uchun ustoz va murabbiylar kuni haqiqiy bayramga aylanib ketdi.
Yulduz Tursunboyeva, 16-sonli IDUMning
ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchisi.