So‘nggi yillarda mamlakatimizda hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholining yashash sharoitlarini tubdan yaxshilash, turmush darajasida sezilarli ijobiy o‘zgarishlarga erishish bo‘yicha izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Ushbu maqsadda hududlarni sektorlarga bo‘lib ishni tashkil etish tizimining joriy etilganligi xalq bilan manzilli muloqotning yo‘lga qo‘yilishiga imkon yaratdi.
Qisqa davr mobaynida mamlakatni jadal ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlantirish, birinchi navbatda, qishloq joylarida aholi uchun munosib hayot sharoitlarini yaratish, shuningdek, islohotlarni amalga oshirishda fuqarolarning bunyodkorlik salohiyatini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan qator muhim davlat va hududiy dasturlar, qonun hujjatlari qabul qilindi.
Amalga oshirilgan bu kabi keng ko‘lamli islohotlarning davomi sifatida davlatimiz rahbari tashabbusi bilan butun mamlakatimiz bo‘ylab hududlarda ijtimoiy-iqtisodiy va maishiy muammolari mavjud bo‘lgan fuqarolar yig‘inlari aniqlanib, ularni bartaraf qilish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi.
Xususan, Amudaryo tumanidagi Kuyuk ko‘pir hamda Nazarxon ovullari ijtimoiy-iqtisodiy va maishiy muammolar mavjud bo‘lgan hududlar sifatida topilib, ulardagi kamchiliklarni tuzatish maqsadida qurilish-ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.
Jumladan, har ikkala ovul hududida quvvati 400 kilovatt bo‘lgan 5 ta transformator punktlarini o‘rnatish, elektr tayanch ustunlarini yangidan o‘rnatish, yangi elektr liniyalarini tortish, ichki yo‘llarga tosh-shag‘al aralashmasini yotqizish, piyodalar yo‘lakchasini qurish, tungi yoritgich chiroqlarini o‘rnatish ishlari belgilanib, ularni amalga oshirish bo‘yicha tizimli ishlar qilinmoqda.
Xususan, Kuyuk ko‘pir hamda Nazarxon ovullarida joriy yilning sentabr oyi holatiga transformator punktlari olib kelinib, ularni o‘rnatish ishlari boshlab yuborildi, elektr tayanch ustunlari o‘rnatilishi ovullardagi belgilangan hududlarga olib borilmoqda hamda elektr tarmoqlarini tortish ishlari bajarilmoqda.
Nazarxon ovulida 2 ta aholi punktiga tozalangan ichimlik suvi inshootini qurish, ichki yo‘llarga tosh-shag‘al aralashmasini yotqizish, piyodalar yo‘lakchasini qurish, tungi yortigich chiroqlarini o‘rnatish, hududdagi 58-sonli maktab binosini mukammal ta’mirlash, mazkur maktab va 66-sonli maktab binolarini mebel jihozlar bilan ta’minlash, 3-sonli maktabga sun’iy qoplamali mini futbol maydonchasini qurish ishlari ayni kunlarda jadal sur’atlarda olib borilmoqda.
Shu kungacha 3 ta ko‘chaning tuproq ishlari yakunlanib, 1,5 km qismiga tosh-shag‘al aralashmasi yotqizildi. Pudratchi tashkilot tomonidan piyodalar yo‘lakchasining 680 metr qismiga beton quyildi. Rejadagi tungi ko‘cha yoritish chiroqlari 100 foiz o‘rnatildi.
58-sonli maktabda isitish tizimi to‘liq qurib bitkazildi. Polga kafel yotqizish, ichki va tashqi pardozlash ishlari sifatli tarzda bajarilmoqda. 3-sonli maktabda futbol maydonchasi qurilishi belgilangan hududga qurilish materiallari olib borilib, beton quyish ishlari bajarilmoqda.
Kuyuk ko‘pir ovuli hududidagi 5 ta ko‘chaga 1,7 km uzunlikda tosh-shag‘al yotqizilib, hozirda ko‘chalarga yotqizilgan tosh-shag‘al materiallari maxsus texnika yordamida tekislanmoqda. Ko‘chalarga tungi yoritish chiroqlarini o‘rnatish ishlari tuman Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan olib borilmoqda.
Ovulda joylashgan 19-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti binosida tashqi suvoq ishlari va ichki pardozlash ishlari bajarilmoqda, deraza va eshiklar yangidan o‘rnatilmoqda.
Shu kungacha ovul hududdagi 5 ta ko‘chaga 1,7 km uzunlikda tosh shag‘al aralashmasi yotqizildi. Xozirda ko‘chalarga yotqizilgan tosh-shag‘al materiallari maxsus texnika yordamida tekislanmoqda. Ovul hududidagi yo‘llar yonida 1,4 km uzunlikdagi piyodalar yo‘lakchasi qurib bitkazilib, beton qoplamasi to‘shaldi.
Tuman Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan Ovulning markaziy ko‘chalari bo‘yida tungi yoritish chiroqlarini o‘rnatish ishlari olib borilmoqda.
Joriy ta’mirlanishi ko‘zda tutilgan 19-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti binosida tashqi suvoq ishlari va ichki pardozlash ishlari bajarilmoqda, deraza va eshiklar yangidan o‘rnatilmoqda.
Aytish kerakki, mamlakatimizda islohotlarning yangi bosqichida hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish milliy iqtisodiyotimizning izchil yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash hamda aholi turmush darajasini oshirishning muhim omili sifatida qaralmoqda. Yangi qabul qilingan dasturga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida ijtimoiy-iqtisodiy va maishiy muammolar mavjud bo‘lgan jami 21 ta ovul va mahallalarda keng ko‘lamli qurilish va obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.
Amalga oshirilayotgan bu kabi ishlar mazkur hududlarda yashovchi aholiga qulay sharoitlar yaratish, ovul va mahallalardagi ijtimoiy-iqtisodiy va maishiy muammolarni bartaraf qilish, pirovardida esa aholining davlatdan rozi bo‘lib yashashiga xizmat qilishi shubhasiz.
Tuman hokimligining Axborot xizmati.