QIZLAR HAFTALIGIGA BAG‘ISHLANGAN TADBIRLAR KЕNG MIQYOSDA O‘TKAZILDI

Туман янгиликлари

Tumanimiz hududida 11-16 oktabr kunlari davomida qizlar haftaligi tadbirlari  o‘tkazildi.

16 oktabr kuni  haftalik doirasida Oq oltin ovuli hududidagi 50-sonli maktabda  ham “Iqtidorli qizlar”  tadbiri o‘tkazildi. Tadbirga hududdagi 41-, 50-, va 7-sonli maktabning iqtidorli qizlari  qatnashdi. Ushbu tadbir ovul qizlarining hayot tarzi, yashash sharoitlari, huquq va erkinliklari bilan bog‘liq holatlarni o‘rganish, erta turmush qurishning oldini olish, yoshlarni kasbga to‘g‘ri yo‘naltirish holatlarini o‘rganish, iqtidorli qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning ijod qilishlari, o‘z ustida ishlashlari uchun sharoit yaratish va bu qizlar erishayotgan yutuqlari bilan tengdoshlarini tanishtirish maqsadida tashkil etildi.     

Tadbirda qizlar o‘zlariniing sport, fan, rassomchilik, kashtachilik, milliy liboslar tikish, chet tillarni bilish mahorati, ko‘p kitob o‘qish, she’r yod bilish, ijodkorlik  qobiliyatlarini namoyish qilishdi.

Tadbirda ishtirok etgan 41-maktab o‘quvchilari sportning gandbol turi bo‘yicha O‘zbekiston miqyosidagi musobakada ishtirok etib, kumush medal olishga sazovor bo‘lgan Shaydo Rajabova, ingliz tili bo‘yicha mukammal o‘zlashtirish darajasiga intilayotgan iqtidorli qiz Sarvara Matyakubova, ona tili va adabiyot fani bo‘yicha  Fan olimpiadasining Qoraqalpog‘iston bosqichiga yo‘llanma olgan Shaxzoda Bozorboyevalarga havas qilsa arzigulik. Shuningdek, 7-maktabdan o‘quvchilari bo‘lgan tikish va to‘qish bo‘yicha o‘tkazilgan konkurslarda yaxshi natijalarni qo‘lga kiritgan  Gulsanam Hayitboyeva va Madina Bozorboyevalar, eng ko‘p kitob o‘qish bo‘yicha o‘z qobiliyatlarini namoyish etgan Sabina Allamberganovalar erishgan yutuqlar ham tengdoshlarining nihoyatda havasini keltirdi.

Turli sohalarda muvaffaqiyatlarni qo‘lga kiritayotgan qizlarga  Oq oltin ovul fuqarolar yig‘ini tomonidan faxriy yorliqlar berildi.

Z.Sadaddinova, “Ok oltin” ovul fuqarolar yig‘ini raisi o‘rinbosari.