Til bayrami muborak, aziz yurtdoshlar!

Туман янгиликлари

Bobomlardan meros qolgan bu tilim,
Shu tilda muloqot aylagan elim,
Kitoblar yozilgan irfon-u ilm,
O‘zbegim tilisan, o‘zimning tilim!
 
Seni tanitgandir Alisher bobom,
Ertaklar aytardi biz uchun momom,
Shu tilda yechilar borliq muammom
O‘zbegim tilisan, o‘zimning tilim!
 
Seni chetga surdi rusning zaboni,
Ruscha yeyilardi to‘ylarning noni,
Hatto ruscha bo‘ldi farzandlar nomi
O‘zbegim tilisan, o‘zimning tilim!
 
O‘zliging tiklading oqibat - oxir,
Yo‘lingda bo‘lsa ham toshlaring chag‘ir.
G‘alaba kelmagan o‘zidan, axir,
O‘zbegim tilisan o‘zimning tilim!

Xali qo‘msaganlar o‘zganing tilin
Topilib qoladi, asli beilm,
Shunday insonlardan uzoqroq yuring
O‘zbegim tilisan, o‘zimning tilim!
 
Istiqlol tikladi oxir, nihoyat,
O‘qidik kitoblar, alyorlar g‘oyat,
Tarjima qilingan Qur’on, nihoyat
O‘zbegim tilisan, o‘zimning tilim!
 
Sening ta’rifinga ojizdir qalam,
Shunday azizdursan tilim - mukarram,
Qancha qadrlasam bo‘lar deyman kam
O‘zbegim tilisan, o‘zimning tilim!

Farhod Avaz.