O‘tgan asrlardan minnatdorman men,
Shu davr olim-u shoiridan ham.
Ajdodlar tufayli bugun avlodlar,
Ona til boyligin ko‘rmoqda baham.
Onalarga rahmat allalar aytgan,
Ertaklar so‘ylagan momolarga ham.
Barida bolalar uchun dunyoning,
Barcha-barcha sehr-u amallari jam.
Navoiy bobomdan minnatdorman men,
Imkoniyatin ochgan turkiy kalomning.
Shu sabab ushbu kun o‘zbekni tanir,
She’riyat muxlisi butun olamning
Ona tilim, seni alqab yuraman,
She’r o‘qib, qayerga yetsa oyog‘im.
Chunki sensan mening, toki hayotman,
Yo‘lim ko‘rsatuvchi porloq mayog‘im!
Ahmad Nafasov. 21.10.2021