Ta’lim muassasalarida o‘quvchilarning har bir fanga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish, ularda fanlar yuzasidan yangi bilim, ko‘nikmalarni hosil qilish, ta’lim sifati va samaradorligini oshirishda umumta’lim maktablarida har oyda o‘tkaziladigan fan oyliklari va ular doirasidagi turli tadbirlar muhim ahamiyat kasb etmoqda. Fan oyliklari doirasida tashkil etilayotgan ochiq darslar o‘quvchilarning olgan bilimlarini mustahkamlash hamda yanada boyitish bilan bir qatorda o‘qituvchilarning o‘z pedogogik mahoratlarini namoyish etishlariga hamda o‘zaro tajriba almashinuvlariga imkoniyat yaratmoqda.
Oktabr oyi ona tili va adabiyoti hamda qoraqalpoq tili va adabiyoti fanlari oyligi bo‘lib, umumta’lim maktablarida shu oyda mazkur fanlar bo‘yicha ko‘plab ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etiladi. Xususan, oktabr oyi davomida Amudaryo tumanidagi umumta’lim maktablarida ona tili va adabiyoti hamda qoraqalpoq tili va adabiyoti fani o‘qituvchilari tomonidan ko‘plab tadbirlar, adabiy kechalar hamda ochiq darslar tashkil etilib, o‘quvchilarning ushbu fanlardan olgan bilimlari yanada mustahkamlandi, ularning fanga bo‘lgan qiziqishlari yanada oshirildi.
Xususan, 1-sonli umumta’lim maktabida qoraqalpoq tili va adabiyoti fani o‘qituvchilari turli sinflarda, har xil mavzularda ochiq darslar, adabiy-badiiy kechalar, qolaversa, bu yil qoraqalpoq tiliga Qoraqalpoq Respublikasining davlat tilini maqomi berilganiga 32 yil to‘lishi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tuman Xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 1-sonli umumta’lim maktabining qoraqalpoq tili va adabiyoti fani bo‘yicha oliy toifali o‘qituvchisi Abtabida Abdimuratova tomonidan 10-sinf o‘quvchilari uchun “Klassik adabiyot namoyandalari ijodi” mavzusida ochiq dars mashg‘uloti o‘tkazildi. Ochiq darsda o‘qituvchi tomonidan qoraqalpoq adabiyotning yorqin namoyondalari hayoti va ijodining o‘ziga xos xususiyatlari hamda fanning turli yangi qirralari ochib berildi.
Aytish kerakki, Abtabida Abdimuratova tumandagi eng ilg‘or, tashabbuskor, yuqori bilim va salohiyatga ega bo‘lgan, har jabhada hamkasblariga o‘rnak bo‘lib kelayotgan tajribali pedogoglardan biri hisoblanadi. Uning ish faoliyati davomida o‘z fanini, o‘quvchilarini hamda kasbini sevishi, ishiga bo‘lgan mas’uliyati yaqqol sezilib turadi. Abtabida Abdimuratova har bir dars jarayoniga ijodiy yondashishi, izlanuvchanligi bilan maktab jamoasi hurmati va e’tiboriga sazovor bo‘lgan. U o‘z pedagogik faoliyati mobaynida qator ko‘rik tanlovlarda ishtorok etib sovrinli o‘rinlarni egallab kelmoqda. Shuningdek, Abtabida Abdimuratovaning shogirdlari qoraqalpoq tili va adbiyoti fani bo‘yicha tuman va respublika miqyosidagi qator bellashuvlarda, olimpiyadalarda faol ishtirok etib, ustozining mehnatlarini yuzaga chiqarib, g‘oliblikni qo‘lga kiritib kelmoqdalar. Maktabning turli fan o‘qituvchilari yuqori pedogogik mahoratga ega bo‘lgan hamkasbi tomonidan o‘tilayotgan ochiq darsni katta qiziqish bilan kuzatib bordilar hamda yangi tajribalar orttirdilar.
Shunigdek, maktabning qoraqalpoq tili va adabiyoti fani o‘qituvchilari hisoblangan birinchi toifali o‘qituvchi Dildora Qo‘chqarova 7-sinflarda, ikkinchi toifali o‘qituvchi Nasiba Qo‘chqarova 3-sinflarda, Yangila Shomuratova 2-sinflarda, Mohira Kamolova 7-sinflarda, Dilnoza Ibrohimova 8-sinflarda qoraqalpoq va adabiyoti fanlaridan har xil mavzularda namunali ochiq darslar tashkil etdilar. Ochiq dars jarayonlarida yangi pedogogik texnologiyalardan, innavatsion ta’lim metodlaridan foydalanilishi o‘quvchilarning ochiq darslardagi faolligini yanada oshirdi.
Ochiq darslarda o‘qituvchilar yurtimizda qoraqalpoq tili va adabiyotini yanada rivojlantirishga qaratilgan e’tibor tobora kuchayib borayotgani, qoraqalpoq adabiyoti vakillarining ijod maktablari tashkil etilishi qoraqalpoq tili va adabiyotining boy xazinasi, nafosatini yosh avlod qalbiga singdirishda muhim ahamiyat kasb etayotgani xususida so‘z yuritdilar.
Aytish kerakki, fan oyligi doirasida tashkil etilgan adabiy-musiqiy kecha barcha o‘quvchilarda katta taassurotlar qoldirdi. 5-8-sinflar o‘quvchilari qoraqaloq adabiyoti namunalaridan ajoyib she’rlar hamda kuy-qo‘shiqlar ijro qildilar. Tadbir ko‘tarinki ruhda hamda bayramona tarzda o‘tdi.
Charos Arslonova.