Amudaryo tumani hokimligi, O’zbekiston Yoshlar ishlari agentligi tuman kengashi tomonidan band bo’lmagan, har tomonlama ko’makka muhtoj yoshlarni qo’llab-quvvatlash borasida tizimli ishlar olib bormoqda. Xususan, mas’ullar tomonidan tumandagi “Yoshlar daftari”ga kiritilgan ayol-qizlarning 30 nafariga elektr pechkalar topshirildi. Shu orqali ularning o’zini o’zi band qilishlariga hamda daromad topishlariga amaliy yordam berildi. Elekr pechkalar sohibi bo’lgan ayol-qizlar endilikda xalqimizning yaxshi kunlarida, to’y-tantanalarida har xil pishiriqlar, shirinliklar tayyorlab, o’z oilasiga daromad olib kelishlari mumkinligini aytib, mas’ullarga minnatdorchilik bildirdilar.
Tuman hokimligining Axborot xizmati.