Yurtimizda jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish, uning ommaviyligini oshirish, aholining barcha qatlamlari orasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish tobora kuchaymoqda. Ayniqsa, turli soha xodimlari o‘rtasida sport musobaqalarining tashkil etilishi an’anaga aylanmoqda.
Yaqinda Qoraqalpog‘iston Respublika prokuraturasi xodimlari o‘rtasida ham sportning mini-futbol, shashka va stol tennis turlari bo‘yicha “Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori kubogi” musobaqalari tashkil etildi.
Nukus shahrida sportning mini-futbol turi bo‘yicha bo‘lib o‘tgan musobaqasida har bir tuman prokuraturasi xodimlaridan tashkil qilingan 20 ta jamoa o‘rtasida qizg‘in bellashuv bo‘ldi. Murosasiz kechgan musobaqa davomida o‘z mahoratini ko‘rsatgan jamoalardan Amudaryo tumani prokuraturasi xodimlarining “Amudaryo” jamoasi 1-o‘rinni egalladi.
Shundan so‘ng, prokuratura xodimlari shaxmat bo‘yicha musobaqalarda ishtirok etib, o‘z iqtidorlarini namoyish etdilar.
Sportning stol tennis turi bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqalarida ham Amudaryo tumani prokuraturasi xodimlari chaqqonliklarini va abjirliklarini ko‘rsatishdi. Musobaqada kuch sinashgan 18 nafar sportchi-xodimlarni mag‘lub etgan Amudaryo tumani prokuraturasi xodimi A.Bekbergenov g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
Kubok g‘olibi bo‘lgan Amudaryo tumani prokuraturasi xodimlarining sport jamoasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori F.Allambergenov tomonidan berilgan sovg‘alarga ega bo‘ldi.
O.Xudoyberganova.