Kun.uz veb-saytida “Amudaryo tumanida qurilgan ko‘p qavatli uylarning kanalizatsiyasi abgor ahvolda” mavzusidagi videotasvir joylangan. Videotasvirda aks ettirilgan holatlar tumandagi mas’ul tashkilotlar tomonidan tegishli tartibda o‘rganib chiqildi.
Gulzor mahallasi hududidagi 2 ta 5 qavatli uy-joylar 2020 yilda foydalanishga topshirilgan. Mazkur uy-joylarning kanalizatsiya tarmoqlari va lokal suv tozalash inshootini qurish ishlari pudratchi tashkilot “Jayxun remontaj stroy” MChJ tomonidan amalga oshirilishi belgilangan bo‘lib, bugungi kunda tarmoqlarni tortish ishlari qisman bajarilib, lokal suv tozalash inshootini o‘rnatish ishlari yakuniga yetkazilmasdan qolgan.
Ushbu holat yuzasidan pudratchi tashkilot “Jayxun remontaj stroy” MChJ rahbariga nisbatan Amudaryo tumani prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishi moddalariga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mazkur ob’ektda qurilish-ta’mirlash ishlari yakuniga yetkazilishi bilan ko‘p qavatli uy-joylardagi kanalizatsiya masalasidagi mavjud muammolar to‘liq bartaraf etiladi.
Tuman hokimligining Axborot xizmati.