O'zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to'g'risida”gi Qonunining 17-moddasiga va Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi Reglamentining 10, 11, 12- moddalariga muvofiq QAROR QILAMAN:
1. Xalq deputatlari tuman Kengashining qirq uchinchi sessiyasi 2021-yil 17-dekabr kuni soat 11:00 da tuman hokimligining katta majlislar zalida chaqirilsin.
2. Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining qirq uchinchi sessiyasi kun tartibiga quyidagi masalalar kiritilsin:
- Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan 2021-yilda amalga oshirilgan ishlar yakunlari hamda 2022-yildagi vazifalar to'g'risida tuman hokimining murojaati to‘g‘risida.
- Boshqa masalalar.
3. Xalq deputatlari tuman Kengashining qirq uchinchi sessiyasi muhokamasiga kiritilgan masalalarni tayyorlash yuzasidan ishchi guruhi tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Ushbu qaror ijrosini ta’minlash xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri M.O'razbayev zimmasiga yuklatilsin.
Tuman hokimi S.Yo'ldashev
2021-yil 10-dekabr, № 70-13-181-Q/21