Amudaryo tumanida jismoniy va yuridik shaxslarning qishloq xo'jaligiga mo'ljallanmagan yerlariga 2022-yil uchun yer solig'i stavkalarini belgilash to'g'risida

Туман янгиликлари

XALQ DEPUTATLARI AMUDARYO TUMAN KENGASHINING QARORI

 

Amudaryo tumanida jismoniy va yuridik shaxslarning qishloq xo'jaligiga mo'ljallanmagan yerlariga 2022-yil uchun yer solig'i stavkalarini belgilash to'g'risida

Qoraqalpogʼiston Respublikasi Joʼqorgʼi Kengesi Prezidiumining 2021 yil 22-dekabrdagi 555-sonli qaroriga va Oʼzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʼgʼrisida”gi Qonunining 24-moddasiga asoslanib Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi QAROR QILADI:

1. Qoraqalpogʼiston Respublikasi Joʼqorgʼi Kengesi Prezidiumining 2021-yil 22-dekabr kungi 555-sonli qarori ijro uchun tuman soliq inspeksiyasi boshligining hisoboti rahbarlikka olinsin.

2. Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi belgilangan yer soligʼi stavkalariga, tuman hududida joylashgan ovul va mahallalar kesimida 0,7 dan 3,0 gacha kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsientlarni kiritish huquqiga ega ekanligi;

Bunda, belgilangan yer soligʼi stavkasiga soliq yukini keskin oshirishning oldini olish maqsadida jismoniy shaxslardan olinadigan yer soligʼiga belgilangan (yakka tartibdagi tadbirkorlardan tashqari) stavkasiga 2022-yil uchun hisoblangan soliq summasining 1,3 hissasidan oshmagan holda koeffitsientlarni qoʼllash, shuningdek jismoniy shaxslar egalik qilayotgan bir gektardan ortiq yer uchastkalariga 3,0 ga qadar oshiruvchi koeffitsientlarni qoʼllash mumkin ekanligi belgilansin.

3. Qishloq xoʼjaligi uchun moʼljallanmagan yerlar uchun yuridik shaxslar boʼyicha mutlaq miqdorda 1 gektar uchun belgilangan bazaviy soliq stavkasiga kiritilayotgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsientlar 1-ilovaga muvofiq, jismoniy shaxslar boʼyicha (dehqon xoʼjaligini yuritish uchun berilgan qishloq xoʼjaligiga moʼljallangan yerlardan tashqari) mutlaq miqdorda 1 kv. metr uchun belgilangan bazaviy soliq stavkasiga kiritilayotgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsientlar 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

4. Tuman hokimining birinchi oʼrinbosari (M.Temirboyev), Davlat soliq inspeksiyasi (А.Seyitov) tumandagi yuridik va jismoniy shaxslarning egallagan yer maydonlariga soliq stavkalarini toʼgʼri qoʼllanilishi boʼyicha doimiy nazorat oʼrnatsin.

5. Amudaryo tumani davlat soliq inspeksiyasi (А.Seyitov)ga Xalq deputatlari tuman Kengashi tomonidan belgilangan soliq stavkalari boʼyicha yer soligʼi toʼlovchilarni oʼz vaqtida xabardor qilish va undirilishini taʼminlash topshirilsin.

6. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Xalq deputatlari tuman Kengashining “Mahalliy budjet, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, investitsiyalar va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo'yicha” doimiy komissiyasi zimmasiga yuklatilsin.

7. Xalq deputatlari Amudaryo tumani kengashining 2021-yil 23-fevral kungi 193/27-6-sonli qarori oʼz kuchini yoʼqotgan deb hisoblansin.

8. Ushbu qaror tuman “Taraqqiyot ko‘zgusi” gazetasida nashr qilinsin va tuman hokimligining rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin.

9. Ushbu qarоr rasmiy e’lоn qilingan kundan e’tibоran kuchga kiradi.

Tuman hokimi S. YO‘LDASHEV

2021 - Yil 30 - dekabr. VI-44-66-13-181-K/21