TUMANDA TRANSPORT VOSITALARINING MAJBURIY TЕXNIK KO‘RIGI BOSHLANDI

Туман янгиликлари

Mamlakatimizda transport vositalarining texnik holati, ulardan foydalanish normalari va qoidalariga rioya etilishi bo‘yicha samarali nazoratni tashkil etish, transport  vositalari texnik holati va uskunalarining yo‘l harakati xavfsizligining texnik reglamentlari yoki standartlari, qoidalari, normalariga muvofiqligini baholash, transport vositalarining sonini, holatini, amalda mavjudligini va ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha boshqa ma’lumotlarini aniqlashtirish maqsadida transport vositalarini majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish tadbiri amalga oshiriladi.

Joriy yilning 22 yanvarida tumanimizda ushbu muhim tadbirni o‘tkazish bo‘yicha tuman hokimining maxsus qarori qabul qilindi va bu bo‘yicha tuman komissiyasi tarkibi, shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli bo‘lgan transport vositalarini  2022 yilgi majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish jadvali tasdiqlandi. Amaldagi qonunchilikka muvofiq transport vositalaridan tijorat asosida yo‘lovchilar tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yengil avtomobillar, avtobuslar, o‘rindiqlari soni 8 ta va undan ortiq bo‘lgan, odamlarni muntazam tashish uchun jihozlangan yuk avtomobillari, yirik gabaritli, og‘ir vaznli va xavfli yuklarni tashish uchun mo‘ljallangan transport vositalari va ularning tirkamalari bir yilda ikki marta, ishlab chiqarilganiga olti yildan ko‘p bo‘lmagan transport vositalari ikki  yilda bir marta, ishlab chiqarilganiga 6 yildan ko‘p bo‘lgan yoki ishlab chiqarilgan vaqti aniq bo‘lmagan transport vositalari bir yilda bir marta texnik ko‘rikdan o‘tkaziladi.Tumanimizda ushbu  tadbirning sifatli va belgilangan muddatlarda o‘tkazilishini ta’minlash bo‘yicha tegishli ishlar amalga oshirilmoqda.

Dilshod AMINOV, tuman IIB YHXB boshlig‘i.