Ustaxona faoliyatidan fermerlar mamnun

Туман янгиликлари

“To‘lqin” MMTP hududdagi 16 ta fermer xo‘jaliklariga texnik xizmat ko‘rsatadi. Fermer xo‘jaliklari tasarrufidagi 560 gektar paxta ekiladigan maydonlarni o‘z vaqtida shudgorlash, yaxob suvi berishga tayyorlash, 491 gektar kuzgi bug‘doy uchun mo‘ljallangan yerlarni haydash, tekislash va kelgusi yil hosili uchun mustahkam zamin tayyorlashda MMTP ishchilari, usta-chilangarlarining xizmati katta.

MMTP muhandis-texnik xodimlari joriy 2022 yilgi qishloq xo‘jalik yilida ham fermer xo‘jaliklariga texnik xizmat ko‘rsatishni yanada yaxshilash maqsadida texnika vositalari, ekish-tikishda qatnashadigan agregatlarni sifatli ta’mirlash va bahorgi  mavumga taxt qilib qo‘yish borasida fermer xo‘jaliklari rahbarlari bilan bamaslahat ish yuritishmoqda. MMTP ustaxonasida usta-chilangarlar va ishchilar uchun barcha sharoitlar mavjud. Namunali tushlik, yaxshi dam olish sharoitlari yaratilgan. Ishchilar va muhandis-texnik xodimlarning hamjihatlikda amalga oshirayotgan sa’y-harakatlaridan hududdagi fermer xo‘jaliklari rahbarlari ham mamnun.

Ayni paytda MMTP ustaxonasida texnikalarni bahorgi ekish mavsumiga tayyorlash, tiklash-ta’mirlash ishlari amalga oshirilib, 19 ta kultivator, 11 ta seyalka, 16 ta mola, 103 ta borona to‘liq ta’mirdan chiqarildi.

Suratda: (chapdan) “Jumabekov Jo‘lliboy” fermer xo‘jaligi raisi Rustam Jumabekov, MMTP raisi (o‘rtada) Rufat Ahmedov va “Qurbonboyev Sobir” fermer xo‘jaligi raisi Komiljon Qurbonboyevlar galdagi vazifalar haqida o‘zaro fikrlashmoqdalar.

M.SHOMURODOV olgan surat.