O‘ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI ICHKI ISHLAR VAZIRLIGI ISHCHI GURUHI TUMANIMIZDA BO‘LDI

Туман янгиликлари

Mamlakatimiz aholisining 30 foizi 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlardir. Ularning ta’lim olishi, kasb-hunar egallashi uchun zamonaviy sharoit va imkoniyatlar yaratilgan. Shu bilan birga, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishni tashkil etish dolzarb masala hisoblanadi. Yoshlar qanchalik ma’naviy barkamol bo‘lsa, turli yot illatlarga qarshi immuniteti ham shuncha kuchli bo‘ladi.

Ushbu vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Prezidentimiz tomonidan ko‘plab qarorlar va farmonlar qabul qilindi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 19 yanvar kungi “Mahallarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining qabul qilinishi yoshlarga qaratilayotgan yuksak e’tibor va ishonchning namunasi deyishimiz mumkin.

 Mazkur qaror ijrosinini nazorat qilish va yoshlar yetakchilariga zaruriy ko‘rsatma va tavsiyalar berish maqsadida 5 fevral kuni Amudaryo tumani hokimligining katta majlislar zalida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ishchi guruhi a’zolari, tuman hokimi Sultonboy Yo‘ldashev hamda tuman Ichki ishlar bo‘limi profilaktika inspektorlari, mahalla raislari, tuman sektor rahbarlari, yoshlar yetakchilari va sohaviy tashkilot vakillari qatnashdi.

Ma’lumki, davlatimiz rahbari ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbusni ilgari surgan edi. Yig‘ilishda ishchi guruh tomonidan tumanimiz bo‘ylab 5 ta muhim tashabbus doirasida amalga oshirilgan ishlar borasida fikrlar bildirilib, bugungi kunda yoshlar masalasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarilganligi, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tarzda o‘tkazish dolzarb masala ekanligi qayd etib o‘tildi.

Ta’kidlash joiz, tumanimizda “Beshta muhim tashabbus” doirasida 2 fevral kuni tashkil etilgan sport musobaqalari, mahorat darslari va zakovat intellektual o‘yinlari endigina unib o‘sayotgan yigit-qizlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishlarida katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Ayni kunlarda bu tadbirlar mahallalar kesimida namunali tarzda tashkil etilib davom ettirilmoqda.

Ushbu tadbirlani tashkil etishda mahallalardagi yoshlar yetakchilari tashabbuckor va faol harakat qilishmoqda. Yig‘ilishda ishchi guruh vakillari tomonidan yetakchilarga hokim yordamchilari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishi lozimligi, muammoli yoshlar bilan ishlash tizimini qanday holatda yo‘lga qo‘yganliklari bo‘yicha bir qancha savollar bilan murojaat qilindi.

Yetakchilar ishchi guruh vakillari tomonidan berilgan savollarga atroflicha javoblar berishdi.

Bundan tashqari yig‘ilishda, yoshlar bilan ishlashning yangicha boshqaruv mexanizmlarini joriy etish, yoshlar muammolarini bevosita mahallalarda xal etish, ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarning samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha bir qancha tavsiyalar berib o‘tildi.

Ta’kidlanganidek, yoshlar yetakchilari o‘zlari biriktirilgan mahallalardagi yigit-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish, iqtidori, iste’dodi va tashabbuslarini rag‘batlantirish hamda hayotda o‘z o‘rnini topishlariga ko‘maklashadilar. Shuningdek yig‘ilishda, yoshlar yetakchilari huquqbuzarlik sodir etishga moyiligi bo‘lgan yoshlar bilan tizimli ishlashi, yoshlar orasida madaniyat va sa’natni targ‘ib qilishi, sog‘lom turmush tarzi va sportni ommalashtirishi, yoshlar o‘rtasida tadbirkorlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlashlari lozimligi alohida qayd etib o‘tildi.

Tuman hokimligining axborot xizmati