Xalq bilan muloqot qilish, joylardagi mavjud muammolarni mahallabay, xonadonbay o‘rganish orqali odamlarni qiynayotgan masalalarga yechim topish, o‘zaro hamjihatlik asosida hududlarni rivojlantirish, aholi yashash hududlari infratuzulmalarni yaxshilash, oilaviy tadbirkorlik va kichik biznesga qulay sharoitlar yaratish kabi keng ko‘lamli ishlarni amalga oshirishda sektorlar rahbarlari samarali tarza faoliyat olib borishmoqda.
7 fevral kuni Amudaryo tumanining 4-sektori rahbari Aydos Seyitov tomonidan o‘z xududidagi aholi yashash sharoitlari o‘rganilib, tadbirkorlik qilish istagidagi fuqarolar bilan suhbat o‘tkazildi.
Fuqarolarning istak va murojaatlari inobatga olinib, cektor rahbari hamda sektor hududida faoliyat yuritayotgan fermerlar tomonidan tadbirkorlik qilish istagidagi 7 nafar fuqaroga 500 ta jo‘ja chiqarishga mo‘ljallangan inkubatorlar berildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyati va o‘zini o‘zi band qilishni davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora tadbirlari to‘g‘ririda”gi qarorida o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarning mehnat faoliyati natijasida olingan daromadlari jismoniy shaxslarning jami daromadlari tarkibiga kiritilmasligi belgilab berilgan.
Mazkur qarorda o‘zini o‘zi band qiladigan shaxslar uchun xizmat va faoliyat turlarining 68 tasi ko‘rsatilgan bo‘lib, shulardan biri − Fermer xo‘jaliklari egalari buyurtmasi bo‘yicha qishloq xo‘jaligi ishlarini yo‘lga qo‘yish xizmat turi hisoblanadi.
Shu maqsadda, Qangli ovulida yashovchi Xursandbek Turg‘anbayev, Ozoda Matrizayeva, Feruza Jabbarova, Gulnora Qo‘chqorova, shuningdek, Qum yop mahallasida yashovchi Sayyora Rajapova, Sarvar Matchanov, Davronbek Xolmuratovlar o‘zini-o‘zi band qilib, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishmoqda.
Fuqarolar qarorda ko‘rsatilgan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilib, ularga guvohnomalar rasmiylashtirilib berildi. Qolaversa o‘z ish faoliyatini endigina boshlayotgan ushbu fuqarolarga huquqiy tushuntirish va maslahatlar berilib, fermerlar tomonidan doimiy ravishda yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatib turilishi ma’lum qilindi.
Shu o‘rinda aytib o‘tish joizki, Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili deb nomlangan mazkur yilda mahallalarda ish boshlagan hokim yordamchilari va yoshlar yetakchilari sektor rahbarlari bilan hamkorlikda o‘z mahallasi hududidagi aholining yashash sharoitini yaxshilash borasida tizimli ishlarni boshlab yuborishgan.
Sektor rahbarlari va hokim yordamchilari xonadonma-xonadon yurib, odamlar bilan muloqotda bo‘lib fuqarolarning o‘z dardi, muammosi, taklif va tashabbusini qo‘llab-quvvatlayotganligi alohida diqqatga sazovordir. Eng muhimi, tumanimiz aholisining hayotini yaxshilash, farovonligini oshirishga doir amaliy sa’y-harakatlar tufayli islohotlar samarasi xalqimiz hayotida yaqqol namoyon bo‘lmoqda.
Tuman hokimligining axborot xizmati