Prezidentimizning 2021-yil 13-apreldagi “Budjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2021-yil 22-apreldagi KQ-213-IV-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Tuman (shahar) budjetlari mablag‘larini jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarga yo‘naltirish tartibi to‘g‘risida”gi Namunaviy nizomga asosan, joriy yilning fevral oyida “Tashabbusli budjet” jarayonining birinchi bosqichi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
2022-yildan boshlab mamlakatimizning barcha tuman (shahar)larida tegishli budjetlarning tasdiqlangan umumiy xarajatlarining 5 foizi jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltiriladi. Shunga muvofiq Amudaryo tumanida 2022- yil uchun tasdiqlangan vaqtinchalik xarajatlar smetasida fuqarolar budjeti joriy yildagi birinchi bosqichi uchun ko‘zda tutilgan mablag‘lar, 2021-yil yakunlari bo‘yicha shakllangan erkin qoldiq mablag‘larining kamida 30 foiz qismi, 2021- yil III chorak yakunlari bo‘yicha mahalliy budjet daromadlar rejasining ortiqcha bajarilgan qismi mablag‘larining 30 foiz qismi, 2021-yilda o‘tkazilgan tashabbusli budjet jarayoni yakunlariga ko‘ra ishlarni amalga oshirish uchun hisob raqamlarga ajratilgan mablag‘larning iqtisod qilingan qismi hisobidan jami 5 mlrd. 476 mln. 905 ming so‘m mablag‘lar joriy yildagi tashabbusli budjet jarayonining birinchi bosqichi uchun shakllantirildi.
Ushbu mablag‘lar tumanimiz fuqarolarini qiynab kelayotgan jamoaviy muammolarni hal etishga qaratiladi. Ya’ni xiyobonlar, bolalar maydonchasi barpo etish, ichki yo‘llarni va ijtimoiy soha ob’ektlarini ta’mirlash, ekologiyani yaxshilash, ichimlik va oqar suv bilan ta’minlash, ko‘cha chiroqlarini o‘rnatish bo‘yicha sizlar “Tashabbusli budjet” jarayonida ishtirok etib, o‘z takliflaringizni bildirishlaringiz mumkin.
O‘z hududlaringizning ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishi uchun 2022 yil 1- fevraldan 23 -fevralgacha taklif kiritishingiz, 2022- yil 5- martdan 25- martga qadar ushbu takliflarga ovoz berishingiz mumkin.
Davlat budjetining shakllanishi va hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish loyihalarini ishlab chiqish jarayoniga aholini faol jalb etish va joylardagi dolzarb muammolarni hal etishda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish maqsadida Moliya vazirligi tomonidan ishga tushirilgan “openbudget.uz” axborot portali ishga tushirilgan.
Imkoniyatdan foydalanib hududingiz obod, yo‘llaringiz ravon bo‘lishini istasangiz marhamat – taklif yo‘llang, taklifingizni mahalladoshlaringiz ham qo‘llab-quvvatlasa, orzularingiz ro‘yobga chiqadi.
Bu bo‘yicha savollaringiz bo‘lsa, 97 787 06 07, 61 515 31 90 telefon raqamlariga qo‘ng‘iroq qiling.