OVULLARDA SUD MAS’ULLARINING SAYYOR QABULLARI O‘TKAZILDI

Туман янгиликлари

Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev tomonidan sud organlari tizimida odil sudlovni ta’minlash borasidagi ishlarning ahvoli, muammolar va kelgusidagi vazifalarning muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilishda tegishli vazifalar belgilab berilgan edi. Ushbu vazifalar ijrosini ta’minlash hamda fuqarolarning buzilgan huquq va erkinliklarini sud orqali ishonchli ximoya qilish maqsadida olis qishloq va mahalalarda sayyor qabullar o‘tkazilib kelinmoqda.

Shu yil 12 mart kuni Oq oltin, Bobur nomli ovullar, Jumurtov shaharchasi kabi hududlarda Jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudi mas’ullari, Fuqarolik ishlari bo‘yicha tuman sudi raisi Q.Atamuradov, Iqtisodiy ishlari bo‘yicha Beruniy tumanlararo sudi sudyasi B.Bekmuradovlar ishtirokida sayyor qabullar o‘tkazildi. Qabullar davomida sud mas’ullari tomonidan Bobur nomli ovulda 12 nafar, Jumurtov shaharchasida 9 nafar, Oq oltin ovulida 14 nafar fuqarolarning murojaatlari qabul qilindi. Murojaatlarga ko‘ra fuqarolarga huquqiy maslahatlar, tushunchalar berildi. Ijobiy yechim topish choralari ko‘rildi.

Undan tashqari, qabulda ishtirok etgan ovul va mahallalar fuqarolari o‘zlarini qiziqtirgan boshqada savollariga tegishli javoblar oldilar.

J.O‘razboyev, Jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudi raisi.