FAVQULODDA VAZIYATLARDA FUQARO MUHOFAZASIGA BAG‘ISHLANGAN KO‘RGAZMALI O‘QUV-AMALIY SЕMINARI BO‘LIB O‘TDI

Туман янгиликлари

Amudaryo tumani hokimi – Fuqaro muhofazasi boshlig‘ining 2022 yil 17 yanvardagi buyrug‘iga muvofiq tasdiqlangan maxsus-taktik o‘quv mashqi rejasining ijrosini ta’minlash maqsadida tuman hududidagi “G‘ayratjon-Altinay” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga qarashli binoda “Ob’ektda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarda fuqaro muhofazasi tuzilmasi va ob’ekt rahbariyatining harakatlari” mavzusida ko‘rgazmali o‘quv-amaliy seminari o‘tkazildi.

Seminarni o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad – favqulodda vaziyatlarda fuqaro muhofazasini ta’minlashga qaratilgan vazifalarni o‘z vaqtida, kechiktirmasdan amalga oshirish, qutqaruv-qo‘riqlash harakatlarini bexato olib borish, zarur holatlarda fuqaro evakuatsiyasini tashkil etish, jabrlangan fuqarolarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish masalalari bo‘yicha soha mas’ullari batafsil ma’lumot va tushunchalar berishdan iboratdir.

Tadbirda ob’ekt rahbariyati, tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi, Tibbiyot birlashmasi xodimlari ikki qismdan iborat maxsus taktik o‘quv mashqlarida ishtirok etishdi. Seminarning nazariy qismini tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimi kapitan Bekzod Tajibayev olib bordi hamda ob’ekt fuqaro muhofazasining asosiy vazifalari va funksiyasi, tuzilma faoliyatini tashkil etish, moliyalashtirish va moddiy-texnik jihatdan ta’minlash tartibi to‘g‘risida tushunchalar berdi.

Seminarning amaliy qismida “Ob’ekt fuqaro muhofazasi” shaxsiy tarkibining holati hamda ob’ekt hududida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlar inobatga olinib, maxsus taktik-o‘quv mashqi o‘tkazildi. Ushbu tadbirga obektda tuzilgan “Fuqaro muhofazasi” tuzilmasidan 7 nafar xodim jalb qilindi.

Bo‘lib o‘tgan ko‘rgazmali o‘quv amaliy seminari orqali namoyish etilgan maxsus taktik-o‘quv mashqiga 22 nafar fuqaro va 3 ta maxsus texnika qatnashdi.

Ko‘rgazmali o‘quv amaliy seminarining nazariy va amaliy qismlari orqali ishtirokchilar Favqulodda vaziyatlarda fuqaro muhofazasini ta’minlash, ob’ekt fuqaro muhofazasi bo‘yicha mas’ulning asosiy vazifalari, bu vazifalarni amalga oshirish jaaryonida qanday moliyaviy manbalardan foydalanishlari, shuningdek, ko‘rsatib berilgan ko‘rgazmali maxsus taktik-o‘quv mashg‘ulotlari orqali fuqarolarga tibbiy yordam ko‘rsatish, qutqaruv ishlarini olib borish hamda mazkur jarayonda ishtirok etadigan texnika vositalaridan unumli foydalanish bo‘yicha to‘liq ma’lumotga ega bo‘ldilar.

Robiya YO‘LDOSHЕVA.