Amudaryo tumani hokimligining rasmiy munosabati

Туман янгиликлари

Ma’lumki, ELTUZ telegramm kanalida Amudaryo tumanida bir nechta maktablarda direktorlar tomonidan “ro‘zani majburlab ochtirish” nomli tadbir o'tkazilayotgan ekan,- mazmunidagi xabar tarqalgan edi. Ushbu holat yuzasidan o‘rganish ishlari olib borilib, quyidagilar ma’lum qilinadi.

Tuman Xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 85 ta umumiy o‘rta ta’lim maktablarida 2021-2022 o‘quv yilida 37965 nafar o‘quvchi ta’lim-tarbiya olmoqda. Maktab direktorlari yoki maktabning boshqada mas'ul shaxslari tomonidan hech qanday “ro‘zani majburlab ochtirish” tadbiri o'tkazilmaganligi, hamda ushbu holat yuzasidan shu kunga qadar tuman Xalq ta’limi bo‘limiga
hech kim yuqoridagi mazmunda murojaat qilmaganligini ma’lum qilinadi.

Shu o‘rinda eslatib o‘tmoqchimizki, shaxsning qadr-qimmati kamsitilishiga yoki uning obro‘sizlantirilishiga olib keladigan yolg‘on axborotni internet orqali tarqatish O‘zbekiston Respublikasining “Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi” Kodeksiga asosan belgilangan tartibda javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Amudaryo tumani hokimligining Axborot xizmati