Tadbirkorlik sub’ektlari va xonadonlar o‘rtasida iqtisodiy kooperatsiyani o‘rnatish orqali aholi bandligini ta’minlash dasturlari amalga oshirilmoqda

Туман янгиликлари

2022 yilda Amudaryo tumani mahallalarida tadbirkorlikni yanada qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, tadbirkorlik sub’ektlari va xonadonlar o‘rtasida iqtisodiy kooperatsiyani kengaytirish orqali bandlikni ta’minlash va ishsizlikni kamaytirish bo‘yicha dastur ishlab chiqilgan.

Ushbu dasturlar doirasida tadbirkor ayol− Tamara Yusupova rahbarlik qiluvchi “Raximboyeva Salomat” ishlab chiqarish kooperativi tomonidan tumandagi Xitoy OFY, To‘lqin OFY, Yuqori qishloq va Besh ovul MFYlarda jami 49 ta xonadonlarni tikuvchilik kooperatsiyasiga jalb qilgan holda ishsiz fuqarolarning bandligini ta’minlandi.

Ushbu ishlarni tashkil qilish uchun Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi tomonidan 132,1 mln.so‘m subsidiya ajratib berildi. Shuningdek, kooperatsiyani kengaytirish hamda boshqa chekka hududlarda tikuvchilikni rivojlantirish uchun “Raximboyeva Salomat” ICHK “Mikrakreditbank” ATB Mang‘it filiali tomonidan 250 mln.so‘m imtiyozli kredit ajratish rejalashtirilgan.

Tuman hokimligining Axborot xizmati