
28 aprel kuni tuman hokimligining Axborot xizmati tomonidan Tumandagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalari faoliyatini samarali tashkil etish va pedagog kadrlarning salohiyatini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda tuman Xalq ta’limi bo‘limi o‘rinbosari Ibragim Radjapov, fan metodistlari hamda mahalliy jurnalistlar ishtirok etishdi. Anjumanda bitiruvchilarning oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish ko‘rsatgichlari hamda pedagog kadrlar salohiyatini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi. Shuningdek maktab o‘qituvchilarini qayta tayyorlash, malakasini oshirish bo‘yicha joriy qilinadigan yangi tizim haqida ma’lumot berib o‘tildi. Qayd etilganidek, 2021 yilda A.Avloniy nomidagi ilmiy-tadqiqot instutida tashkil qilingan kredit-modul tizimidagi onlayn malaka oshirish kurslarida tumandagi 724 nafar boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari, tumanda mavjud 85 ta maktab direktorlari va 9 nafar fan metodistlari malaka oshirib tegishli sertifikatlarini olishdi.
Shuningdek 2021-2022 o‘quv yilida barcha pedagog xodimlar yangidan joriy qilingan 36 soatlik uzluksiz kasbiy ta’lim elektron platformasi (onlinedu.uz) da onlayn yoki offlayn tarzda malaka oshirish kurslarida o‘qimoqda.
Jumladan, 2022 yil 1-aprel holatiga 4124 nafar pedagoglar ushbu platformadan ro‘yxatdan o‘tgan.
Anjuman yakunida jurnalistlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan tuman Xalq ta’limi bo‘limi mudiri o‘rinbosariga savollar bilan murojaat qilishib tegishli javoblar oldilar.
Tuman hokimligining Axborot xizmati