YONG‘INGA QARSHI KURASH MAVZUSIDA TADBIR O‘TKAZILDI

Туман янгиликлари

Insoniyatning  eng buyuk kashfiyotlaridan biri bo‘lgan olov inson hayotida muhim ahamiyat kashf etishi bilan birga, unga nisbatan zarur xavfsizlik choralarini ko‘rishni ham talab etadi. Olovdan foydalanishga oid qoidalarga bepisandlik bilan qarash esa hayot uchun xavfli bo‘lgan yong‘inning kelib chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin. Tilsiz yov ayniqsa, yosh bolalarni o‘ziga tezda jalb etadi.

Yaqinda 48-sonli umumta’lim maktabida  yong‘inga qarshi kurashish mavzusida ko‘rgazmali tadbir o‘tkazildi.  Unda maktab o‘qituvchilari, o‘quvchilari ishtirok etdilar.

Tadbir tashkilotchilari tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i B.O‘rolov va ishchi- xodimlari yig‘ilganlarga  yong‘inni keltirib chiqaruvchi sabablar, yong‘inning dahshatli asoratlari va yetkazishi mumkin bo‘lgan  talofatlari  xususida ma’ruzalar qildilar. Yong‘inlar va favqulodda vaziyatlarning oldini olish, yong‘in sodir bo‘lganda harakatlanish tartib-qoidalari to‘g‘risida batafsil tushunchalar berildi. Qutqaruv, birinchi tibbiy yordam, evakuatsiya, qo‘riqlash xizmati guruhi, aloqa va yong‘inga qarshi kurash kabi qator guruhlarning yong‘in vaqtida harakatlanishi qoidalari ko‘rgazmali ravishda namoyish etildi. Tadbir so‘nggida mutaxassislar tomonidan  o‘quvchilarning texnika xavfsizligi qoidalari, fuqaro muhofazasi, yong‘in xavfsizligi qoidalariga amal qilish va maxsus yong‘in-qutqaruv va asbob-anjomlari hamda vositalarining texnik-taktik xususiyatlari borasidagi savollariga atroflicha javob berdilar.

O‘ktam Qo‘shnazarov, 48 sonli maktab direktori.