KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH MAVZUSIDA DAVRA SUHBATI O‘TKAZILDI

Туман янгиликлари

Sud mas’ullari tomonidan o‘zlashtirish yoki rastarata yo‘li bilan talon-taroj qilish jinoyatlarining oldini olish va korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish mavzularida davra suhbati o‘tkazildi.
2022 yil 29 aprel kuni bo‘lib o‘tgan ushbu tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, Jinoyat ishlari bo‘yicha Amudaryo tuman sudi mas’ullari, ATB Xalqbank Amudaryo tumani filiali boshqaruvchisi Sh.Sadikova hamda bank xodimlari ishtirok etdilar.

Sud mas’ullari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 6 iyuldagi “Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni bilan tasdiqlangan “Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha 2021-2022 yillarga mo‘ljallangan davlat dasturi”ning 34-bandi ijrosini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar xususida so‘z yuritdilar. Shuningdek, korrupsiya davlat va jamiyat taraqqiyoti uchun eng jiddiy xavf-xatarlardan biri ekanligini ta’kidlab o‘tdilar. Undan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 167-moddasi, o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-taroj qilish jinoyatining mazmun-mohiyatini to‘liq tushuntirib, tumanimizda bank sohasida bir qancha jinoyatlar sodir qilinganligini, buning oqibatida davlat va jamoat manfaatlariga ko‘p miqdorda zarar yetkazilganligini, buning oqibatida ayblanuvchilarga nisbatan ozodlikda mahrum qilish jazolari qo‘llanilganligini ma’lum qildi.

Yig‘ilish so‘ngida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan boshqa-da savollarga javoblar olib, batafsil tushunchalarga ega bo‘ldilar.

S.Davletmuradov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi sudyasi.
J.O‘razboyev, Jinoyat ishlari bo‘yicha Amudaryo tuman sudi raisi.