Hokim yordamchilariga planshetlar topshirildi

Туман янгиликлари

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 16 fevral kungi qarori bilan Hokim yordamchilari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etilgan edi.

Jamg‘arma mablag‘laridan moliyalashtiriladigan asosiy yo‘nalishlardan biri sifatida hokim yordamchilari faoliyatini samarali tashkil etishga kompyuterlar, planshetlar, multimedia va tarmoq qurilmalari hamda dasturiy ta’minotlarni xarid qilish xarajatlari ko‘rsatilgan.

Shu maqsadda, jamg‘arma mablag‘lari hisobidan 21 nafar hokim yordamchisiga so‘nggi, zamonaviy rusmdagi kompyuterlar, 16 nafariga kerakli ish jihozlari xamda zamonaviy mebellar topshirilgan edi.

17 may kuni tuman hokimligida hokim yordamchilari bilan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda tuman hokimi Sultonboy Yo‘ldashev qatnashib, hokim yordamchilariga elektron platformalarga ulangan, masofadan turib hisobotlar taqdim etish, xamda videokoferensaaloqa shaklida yig‘ilishlarda ishtirok etish imkonini beruvchi planshetlarni tantanali ravishda topshirdi.

Shuningdek, tuman hokimi hokim yordamchilari faoliyatini samarali tashkil etish, ularning aholi bilan ishlash borasidagi tajriba va malakalarini boyitish yuzasidan o‘z taklif va tavsiyalarini ham berib o‘tdi.

Shu o‘rinda aytish kerakki, bugun Respublikamizning barcha hududlarida 9 ming nafardan ziyod hokim yordamchilari o‘z faoliyatlarini olib bormoqda.

Jumladan, ular sektor rahbarlari bilan birgalikda mahallani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yo‘nalishlarini belgilash, xonadonbay asosda mahalladagi haqiqiy ijtimoiy vaziyatni aniqlash, mahallaning “o‘sish nuqtasi”dan kelib chiqib, taklif etilayotgan yangi loyihalarni amalga oshirishga ko‘maklashish, aholini kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitish va ularning bandligini ta’minlash bo‘yicha ko‘plab tizimli ishlarni amalga oshirmoqdalar.

Qolaversa, fuqarolar bilan muloqotlar jarayonida “daftarlar” doirasida o‘rganishlar o‘tkazilib, ijtimoiy reyestrni qaytadan yangilashmoqda. Bunda o‘z-o‘zidan mahallalar qiyofasi shakllanib, ijtimoiy muhitni yaxshilashga doir vazifalar ham belgilanmoqda.

Qolaversa, hokim yordamchilari tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘ygan aholini qo‘llab-quvvatlash maqsadida tuman fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi bilan hamkorlikda sifatli urug‘, ko‘chatlar yetkazib berish, biologik o‘g‘itlar bilan ta’minlash, eksport ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha izchil sa’y-harakatlar olib bormoqda.

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan bunday islohatlar “Inson qadri har narsadan ustun” tamoyili asosida amalga oshirilmoqda.

Ushbu yilning “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili” deb nomlanganligining o‘zida ham alohida ramziy ma’no bor. Mahalla institutining ustunlari hisoblangan mahalla raisi, hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi o‘z mahallasida istiqomat qilayotgan har bir fuqaroning ishonchli vakili sifatida faoliyat yuritib, mahalladoshlarining hurmat va e’tiboiga sazovor bo‘lmoqda.

Tuman hokimligining Axborot xizmati