Mahallalardagi xotin-qizlar faoli faoliyatini samarali tashkil etishga bag‘ishlangan o‘quv-seminar bo‘lib o‘tdi

Туман янгиликлари

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 1 martdagi “Oila va xotin-qizlar bilan ishlash, mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga asosan respublikamizning har bir shahar va qishloqlarida shuningdek, ulardagi har bir ovul va mahallalarda Xotin-qizlar faoli lavozimi joriy etilgan edi.
Respublikamizning barcha hududlarida bo‘lgani singari Amudaryo tumanidagi 49 ta ovul va mahalla fuqarolar yig‘inlariga ham xotin-qizlar faollari saylandi.
Xotin-qizlar faollari xotin-qizlarni oila, mahalla va mehnat jamoalarida ijtimoiy-huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ma’naviyatini yuksaltirish, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, zamonaviy namunali oilani shakllantirish, uning ma’naviy-axloqiy muhitini va an’anaviy oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash bo‘yicha maqsadli chora-tadbirlarni amalga oshiradi.
Amudaryo tumanida xotin-qizlar faollari faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida bir qancha o‘quv seminarlari o‘tkazilib kelinmoqda. Jumladan, mahalladagi xotin-qizlar faollari uchun ehtiyojmand oilaning ijtimoiy himoyasi va mahallada ijtimoiy xizmatlarni yuritish ishlarini tashkil qilish maqsadida 23 maydan 27 mayga qadar 5 kunlik o‘quv-seminar o‘tkazilmoqda. 24 may kuni Aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan iqtidorli bolalar maktabida o‘quv seminarining ikkinchi kuni bo‘lib o‘tdi.
Seminar tuman hokimining o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Go‘zal Saburova boshchiligida tashkil etildi.
Unda tumanda faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilot mutasaddilari ishtirok etib, xotin-qizlar faollariga ish faoliyatlari davomida zarur bo‘ladigan barcha nazariy va amaliy bilimlarini berishdi.
 

Tuman hokimligining Axborot xizmati.