Ishchi guruh Amudaryo tumanida tashkil qilingan tikuvchilik kooperatsiyalari faoliyati bilan tanishdi

Туман янгиликлари

 

2022 yilda  Amudaryo tumani mahallalarida  tadbirkorlikni yanada qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, tadbirkorlik subektlari va xonadonlar o‘rtasida iqtisodiy kooperatsiyani kengaytirish orqali bandlikni ta’minlash va ishsizlikni kamaytirish bo‘yicha dastur ishlab chiqilgan.

27 may kuni tumanda tadbirkorlik usulida kooperatsiya faoliyatini tashkil etish ishlarini davom ettirish, mavjud muammolarni o‘rganish, shuningdek, tadbirkorlarga zaruriy ko‘rsatma hamda tavsiyalar berish maqsadida, Respublika ishchi guruhi rahbari Sultonov Bahodir Fozilovich, O‘zbekiston Respublikasi Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi bo‘lim mudiri Gulnora Ilmuradova hamda boshqa ishchi guruh  a’zolari, Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazi boshlig‘i Jasurbek Davletov hamrohligida o‘rganish ishlarini olib bordilar.

Ishchi guruh dastlab, Xitoy ovul fuqarolar yig‘ini binosida o‘z ish faoliyatini boshlagan, Tamara Yusupova rahbarlik qiluvchi “Raximboyeva Salomat” ishlab chiqarish kooperativida bo‘ldilar.

Ushbu kooperativga tumandagi  Xitoy, To‘lqin ovullari, Yuqori qishloq, Besh ovul, Tosh qal’a  mahalla fuqarolar yig‘inlaridan jami 49 ta xonadon tikuvchilik kooperatsiyasiga jalb qilindi va ishsiz fuqarolarning bandligi ta’minlandi.

Ushbu ishlarni tashkil qilish uchun Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi tomonidan 132,1 mln.so‘m subsidiya ajratib berildi.

Ajratilgan subsidiyalardan samarali tarzda foydalanib talab yuqori bo‘lgan mahsulotlar bilan ichki bozorni ta’minlab kelayotgan tadbirkor ayollar nafaqat oilasi, balki jamiyatning rivoji uchun ulkan hissa qo‘shadilar. 


 
 Tuman hokimligining Axborot xizmati.