Navbatdagi siyosiy-ma’rifat soati bo‘lib o‘tdi

Туман янгиликлари

27 may kuni Amudaryo tumani hokimligining majlislar zalida navbatdagi siyosiy-ma’rifat soati bo‘lib o‘tdi. Unda tuman hokimligi mutasaddilari, tumanda faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilot vakillari ishtirok etdilar.

Siyosiy-ma’rifat soatida hafta davomida ro‘y bergan muhim siyosiy yangiliklar shuningdek, jamiyat taraqqiyoti uchun havfli bo‘lgan korrupsiya illatiga qarshi kurashishga da’vat qiluvchi "Vijdon saratoni" filmi namoyish etildi

Shuningdek, Siyosiy-ma'rifat soatida tuman hokimining birinchi o'rinbosari R.Salaev xodimlarga mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi keskin va murosasiz kurash olib borilayotganligini, xususan, “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonunning qabul qilinishi, shuningdek Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha respublika komissiyasining tashkil etilishi, korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha Davlat dasturining tasdiqlanishi yurtimizda korrupsiya bilan bogʻliq huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan muhim chora-tadbirlardan biri ekanligini ta'kidlab o'tdi. Shuningdek, korrupsion holatlar sodir etilgan taqdirda jazo muqarrar ekanligini hayotiy misollar bilan tushuntirdi.

 Tuman hokimligining Axborot xizmati