Farovon mahallasida hunarmand ayol-qizlarning ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi

Туман янгиликлари

 

2022 yil 26 may kuni Amudaryo tumani Farovon mahala fuqarolar yig‘ini binosida  “Eng namunali mahalla faoli” nomli  seminar- ko‘rgazma bo‘lib o‘tdi.

Seminar-ko‘rgazmada hunarmandchilik, tikuvchilik orqasidan o‘zini o‘zi band qilib, o‘z oilasiga daromad olib kelayotgan hamda jamiyatda o‘zining munosib o‘rniga ega bo‘lib, mahalldoshlari orasida alohida obro‘ va e’tiborga ega ayol-qizlarning mehnat mahsuli ko‘rgazmaga qo‘yildi.

Seminar davomida tuman hokimining o‘rinbosari Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i G.Soburova Farovon mahallasining xotin-qizlar faoli S.Qarabayevaning ish faoliyati hamda ayol-qizlarning muammolarini hal etish borasida amalga oshirayotgan ishlari bilan tanishdi.

Shuningdek,  Momojon Annamedova “Mahallaning eng ibratli oila bekasi”, Salomat Masharipova va Muxabbat Matkarimovalar “Mahallaning faol ayollari”, Eshmuratova Nasiba, Yarimbetova Shukurjon, hamda Xaytboyeva Nafisa, “Hunarmand qiz”, nominatsiyalari bo‘yicha, mahallaning ishbilarmon va tadbirkor ayollari sifatida Saparboyeva Sayyora, Allayarova Nafisalar tuman hokimligi, Oila va xotin-qizlar bo‘limi tomonidan tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.   

Tuman hokimligining Axborot xizmati.