O'quvchilar o'rtasida yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini olishga qaratilgan seminar bo'lib o'tdi

Туман янгиликлари

2022 yil 27 may kuni 82-sonli maktabda Amudaryo tumani XTB ning umumiy o‘rta ta’lim maktablari direktorlari ishtirokida seminar bo‘lib o‘tdi. Seminarda tuman Xalq ta’limi bo‘limi mudiri o‘rinbosari I. Radjapov, Xalq ta’limi bo‘limi mas’ul xodimlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati xodimi N. Nizamatdinova, tuman SEO va JS xodimi G. Yusupova, hamda 85 nafar umumiy o‘rta ta’lim maktab direktorlari ishtirok qildilar.
“Respublikamizda bolalar o‘rtasida yuqumli va parazit kasalliklar, jumladan, Gepatit A kasalligi kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlarni kuchaytirish va sifatini oshirish bo‘yicha 2022-2023 yillarda amalga oshiriladigan qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturi” bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati xodimi N. Nizamatdinova ma’ruza qilib, quturish  kasalligi haqida batafsil ma’lumot berdi.

Shundan so‘ng, Amudaryo tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xodimi G. Yusupova gepatit kasalligi haqida seminar ishtirokchilariga o‘zining ilmiy va hayotiy asoslangan misollari orqali ma’lumotlar berib o‘tdi.

Tuman Xalq ta'limi bo'limi mudiri o'rinbosari I.Radjapov