Deputat “Kuyuk ko‘pir” hamda “Bo‘z yop” ovuli aholisi bilan uchrashdi

Туман янгиликлари

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Zumrad Bekatova 28 may kuni Amudaryo tumanida bo‘ldi.
Deputat dastlab, Kuyuk ko‘pir ovul fuqarolar yig‘inida aholi bilan uchrashib, ularning muammo va takliflaridan iborat murojaatlarini tingladi.
Shuningdek,  yurtimizda  olib borilayotgan islohotlar, qizg‘in pallaga kirgan mahalla fuqarolar yig‘ini raisi saylovlari to‘g‘risida fikr almashildi.
Qolaversa, uchrashuv davomida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar kiritish borasida aholining takliflari tinglandi.
Deputat uchrashuvni kunning ikkinchi yarmida Bo‘z yop ovuli aholisi bilan davom ettirdi.
Uchrashuv davomida aholiga 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berdi.
Shuningdek, Konstitutsiyaviy islohotlarni amalga oshirish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilanganligini aytib, fuqarolardan bu boradagi takliflarini so‘radi.
 Shundan so‘ng deputat mahalla hududida joylashgan tibbiyot punktini ko‘zdan kechirib, tibbiyot xodimlari bilan suhbatlashdi.


Jasur Davletov,
O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi
deputati yordamchisi.