Meva-sabzavotchilik va uzumchilikda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida dehqon xo‘jaliklarining ulushini oshirish bo‘yicha samarali ishlar amalga oshirilmoqda

Туман янгиликлари

So‘nggi yillarda qishloq xo‘jaligini isloh qilish va sohaga bozor mexanizmlarini joriy etish borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, paxta va g‘alladan qisqartirilayotgan yer maydonlarida bog‘dorchilik, uzumchilik, poliz va sabzavotchilik, dukkakli va moyli ekinlarni yetishtirish sohasida eksportbop qishloq xo‘jaligi ekinlari ekishni ko‘paytirish, shuningdek, aholining keng qatlamlarini jalb qilish orqali ushbu yerlardan samarali foydalanish tizimini yaratish evaziga tarmoqda qo‘shimcha o‘sishga erishishda ilmiy asoslangan yondashuv va o‘rganishlarni inobatga olish taqozo etilmoqda.

Jumladan, hisob-kitoblarga ko‘ra 1 gektar maydonda yetishtirilgan paxta xom ashyosiga nisbatan uzumdan 7 baravar, gilosdan 6 baravar, yong‘oqdan 5 baravar ko‘p daromad olish hamda ushbu yerlarda oilaviy tadbirkorlik doirasida kichik intensiv bog‘dorchilik, uzumchilik, poliz, dukkakli, moyli ekinlar, kartoshka yetishtirish va sabzavotchilik loyihalarini qo‘llab-quvvatlash orqali “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”da ro‘yxatda turgan ehtiyojmand oilalarning daromadli mehnat bilan bandligini ta’minlash bo‘yicha katta imkoniyatlar mavjud.

Aholining daromad topishga qaratilgan tadbirkorlik tashabbuslarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, aholiga agrar tarmoqda o‘z biznesini tashkil etishga ko‘maklashish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda dehqon xo‘jaliklarining ulushini oshirish orqali orqali oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Meva-sabzavotchilik va uzumchilikda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida dehqon xo‘jaliklarining ulushini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingn edi.

Qaror ijrosini ta’minlash maqsadida rejaga binoan 2022 yilda 897, 2023 yilda 578,  2024 yilda 437, 2025 yilda 330 gektar maydonda dehqon xo‘jaliklar tashkil qilish rejalashtirilgan bo‘lib, 2022 yilda jami 932,4  gektar maydonda 3 ming 579 lotda dehqon xo‘jaliklari tashkil qilinadi, bugungi kun xolatiga bu ko‘rsatgich E-AUKSION elektron savdo platformasi orqali 674,4 gektar maydonda 2 ming 659 lotlarda tanlov g‘olibi aniqlangan bo‘lsa, yana E-AUKSION elektron savdo platformasi orqali 219,8 gektar maydonda 859 lotlar savdo maydonchasiga qo‘yilgan.

“Bir kontor bir mahsulot” tamoili asosida bugungi kuda ishlarni tashkil qilish uchun tumanda tashkil qilingan “Amudaryo tomorqa xizmat” MCHJ klasteri orqali tashkil qilingan dehqon xo‘jaliklar o‘rtasida kooperatsiya orqali etishtirilgan qishloq xo‘jalik mahsulotlarining bozorbopligi ta’minlanishiga, bozorlarda narx-navoning bir xilligini ta’minlashga erishiladi, bundan tashqari dehqon xo‘jaliklari tashkil qilish orqali shu kungacha 2 ming 659 nafar fuqaroning doimiy bandligi ta’minlangan bo‘lsa, yana 859 nafar fuqarolarning doimiy bandligi ta’minlanadi.

Shuning bilan birga dehqon xo‘jaliklarimizning iqtisodiy ahvolini yaxshilash, mahsulot yetishtirish hajmini oshirish masalasiga ham e’tibor qaratilmoqda.

Shu maqsadda O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi xuzuridagi fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan dehqon xo‘jaliklari uchun 14 foizdan bank kreditlari ajratilishi ham yo‘lga qo‘yilgan.

Bugungi kunda “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”da ro‘yxatda turgan ehtiyojmand oilalarga yer maydonlarining ajratib berilishi ularning bandligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Mazkur yilda yer ajratilgan yoshlarimiz orasidan tajribali va tashabbuskorlari aniqlab, ularga kelgusi yillarda tuman zaxira yer fondi hisobidan yer maydonlari ajratib berish, hamda fermer xo‘jaliklarini tashkil qilish uchun o‘tkaziladigan tenderda ishtirok etishlariga yordam berish rejalashtirilgan.

Javlon Rajabov, Amudaryo tuman fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi huzuridagi

Fermer xo‘jaliklarida buxgalteriya hisobi va hisob-kitobini yuritish markazining

aholi xonadonlarida tomorqalardan samarali foydalanish bo‘yicha agronomi