Nazarxon ovul fuqarolar yig‘inida tuman hokimining sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi

Туман янгиликлари

Mamlakatimizda xalq bilan bevosita muloqot qilish, ularning qonuniy talablari, so‘rov va takliflarini amalga oshirishda sayyor qabullar muhim ahamiyat kasb etmoqda.

2 iyun kuni Nazarxon ovul fuqarolar yig‘inida Amudaryo tumani hokimi Sultonboy Yo‘ldashevning navbatdagi sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi. Sayyor qabulda tuman Xalq qabulxonasi bo‘limi mudiri Erkin Rajabov, tuman hokimi o‘rinbosari Mahmud Shermetov, tegishli tashkilot mutasaddilari hamda 30 dan ortiq faol yoshlar ishtirok etishdi.

Qabulda tuman Xalq qabulxonasi mudiri Erkin Rajabov Xalq qabulxonasiga kelib tushayotgan murojatlaar va o‘tkazilayotgan sayyor qabullarda aholining murojaatlari tegishli tashkilotlar tomonidan o‘z vaqtida qonuniy va adolatli hal etilayotganligi, aholining yashash sharoitini yaxshilashga qaratilgan muhim chora-tadbirlar amalga oshirilayotganligini, bu esa fuqarolarimizning hayotdan rozi bo‘lib, ertangi kunga ishonch hissi bilan yashashlarida muhim omil bo‘lib xizmat qilayotganligini ta’kidladi.

Darhaqiqat, mamlakatnimizni jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, birinchi navbatda qishloqlarda aholi uchun munosib turmush sharoiti yaratish, shuningdek, aholining bunyodkorlik salohiyatini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan qator muhim davlat va hududiy dasturlar, qonun hujjatlari qabul qilindi.

Yig‘ilish davomida tuman hokimi Sultonboy Yo‘ldashev hududlardagi muammolarni tezkor o‘rganish va yechimini topishda sektor rahbarlari va Xalq qabulxonasi hamkorligida o‘tkazilayotgan sayyor qabullar ijobiy natijalar ko‘rsatayotganligini, davlat va jamiyat o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlaydigan mazkur xalq bilan muloqot uslubi tobora o‘ziga xos an’anaga aylanib borayotganligini aytib o‘tdi.

 Shuningdek, hech bir fuqaroning murojaati e’tibordan chetda qolmasligini, muammolar imkon qadar ijobiy hal qilinishini ta’kidladi. Shundan so‘ng, fuqarolarnig muammo va takliflaridan iborat murojaatlari tinglandi.

Qabul davomida aholidan jami 6 ta murojaat kelib tushdi. Murojaatlar mazmuni imtiyozli kredit, yer ajratilishi, bandlik va boshqa masalalardan iborat bo‘lib, muammolrning aksariyati shu yerda hal qilindi. Ba’zilariga huquqiy tushuntirishlar berildi.

Shu o‘rinda qayd etish lozimki, bugun har bir fuqaro uchun barcha davlat organlari va tashkilotlarning eshiklari ochiq. Davlat idoralari rahbarlari fuqarolarning murojaatlarini kabinetlarda emas, balki ijtimoiy jarayonlar kechayotgan pallada joyiga borib, real holatni o‘rganmoqda.

Sayyor qabullarda tuman hokimi, tegishli tashkilotlar rahbarlarining ishtirok etayotgani fuqarolarning murojaatlarini tezkor hamda samarali hal etish imkoniyatini bermoqda.

Shuningdek, ularning muntazam yo‘lga qo‘yilganligi avvalgi uchrashuvlarda belgilangan ishlar ijrosi ustidan nazoratni kuchaytirmoqda.

Tuman hokimligining Axborot xizmati.