FVB XODIMLARI ISHTIROKIDA KORRUPSIYANING OLDINI OLISHGA BAG‘ISHLANGAN DAVRA SUHBATI O‘TKAZILDI

Туман янгиликлари

Sud mas’ullari tomonidan “Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Shu yil 27 may kuni bo‘lib o‘tgan tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limida o‘tkazilgan mazkur tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi mas’ullari va tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i Hamro Matyakubov va Bo‘limning boshqa xodimlari ishtirok etdilar.

Mas’ullar tomonidan bu kabi tadbirlar Prezidentimizning 2021 yil 6 iyuldagi “Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni bilan tasdiqlangan Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha 2021-2022 yillarga mo‘ljallangan davlat dasturining 34-bandi ijrosini ta’minlash hamda korrupsiya davlat va jamiyat taraqqiyoti uchun eng jiddiy xavf-xatarlardan biri ekanligini aholi va davlat xizmatchilari ongiga singdirish maqsadida har bir korxona tashkilot xodimlari o‘rtasida o‘tkazilayotganligi aytib o‘tildi.

Shuningdek, “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun-mohiyati to‘g‘risida keng tushuntirish berildi. Mazkur Qonunning maqsadi korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi huquqiy munosabatlarni tartibga solishga, davlat organlari, tashkilotlar hamda fuqarolik jamiyati institutlari tomonidan amalga oshirilayotgan korrupsiyaga qarshi chora-tadbirlar samaradorligini oshirishga, fuqarolarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish orqali jamiyatda korrupsiyaning har qanday ko‘rinishlariga toqat qilmaslik muhitini yaratishga xizmat qilishi bilan ahamiyatli ekanligini aytib o‘tildi.

Tadbir so‘ngida yig‘ilish ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan boshqa-da savollarga javoblar olib, majlis bahs va munozaralar tarzida o‘tdi.

S.Davletmuradov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi sudyasi.